• MFERuz new building
  • MFERuz new2 building
  • MFERuz new3 building

Yangiliklar

06.09.2016 | 12:51 Ta’ziyanomalar
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta’ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta’ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan. 
04.09.2016 | 19:47 Ta’ziyanomalar
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta’ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta’ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan. 
04.09.2016 | 12:45 Mustaqilligimiz me’mori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.  Prezidentimiz portreti poyiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi xodimlari, vazirlik va idoralar jamoalari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari yuksak hurmat bajo keltirib, gullar qo‘ydi.  – O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz, – dedi Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze. – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikka erishish, davlatni har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shdi. Islom Karimov boshlagan buyuk ishlar davom etishiga, O‘zbekiston yanada ravnaq topishiga ishonamiz. Islom Karimovning O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini izchil rivojlantirish yo‘lidagi ishlari va amalga oshirgan islohotlarini davom ettirib, o‘zaro hamkorligimizni yanada mustahkamlayveramiz.  – Islom Karimovning vafoti nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki boshqa mamlakatlar, xususan, Rossiya uchun ham og‘ir yo‘qotish bo‘ldi, – dedi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. – Islom Karimov Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari va strategik hamkorlikning rivojlanishi hamda mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shdi. O‘zbekiston bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li Islom Karimov nomi bilan bog‘liq ekani barchamizga ayon. Uning xotirasi O‘zbekiston xalqi yuragida umrbod muhrlanib qoladi. O‘zbekiston xalqi Islom Karimov tanlagan yo‘ldan og‘ishmay olg‘a borishiga ishonamiz. Uning oila a’zolariga, O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. 

Vazirlik tadbirlari

29.08.2016 | 17:45 Shvetsiya Elchisi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
29 avgust kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Shvetsiya Qirolligining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ingdrid Tersman xonim bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
11.08.2016 | 13:04 O'zbekistondagi Fransiya Elchisi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
11 avgust kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Fransiyaning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
09.08.2016 | 10:34 XXRning O’zbekistondagi Elchixonas savdo-iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahatchisi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
  9 avgust kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahatchisi Stizn Yuylun bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.