IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi

Nashr uchun .. y.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi “2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o’tkazish chora tadbirlari to’g’risida”gi 59-sonli qaroriga muvofiq joriy yilning 26 oktabr- 2 noyabr kunlari “O’zekspomarkaz” AJMKK ko’rgazma maydonlarida navbatdagi IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi (XSYKB) bo’lib o’tadi.

Respublikaning barcha sanoat korxonalari ushbu yarmarkada ishtirok etishga taklif qilinadilar. Ushbu yarmarkada ishtirok etish uchun korxonalar XSYKB Direktsiyasiga o’rnatilgan tartibda murojaat etishlari mumkin.

Korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida XSYKB Direktsiyasi saytida www.cooper.uz arizalarni on-layn ravishda qabul qilish moduli yaratilgan, ya’ni korxonalar masofadan turib yarmarkada ishtirok etish uchun arizalarni taqdim etishlari mumkin.