Uzbekistan Agrominitech Expo-2016

Nashr uchun 11.02.2016 y. Uzbekistan Agrominitech Expo-2016
Muntazam o’tkazilib kelinayotgan Xalqaro ixtisoslashtirilgan qishloq xo’jaligi uchun mini-texnologiylar va ixcham uskunalarining ko’rgazma-savdosi “Uzbekistan Agrominitech Expo”, mintaqadagi ko’rgazmali tadbirlar orasida o’zining munosib o’rnini egalladi.

2006-2015 yillar mobaynida ushbu ko’rgazma-savdoning muvafaqqiyatli o’tkazilib kelinishi davrida Yevropa, Isroil, Janubiy Korea, Xitoy, Turkiya kabi 35 dan ortiq mamlakatlarning 350 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etdilar. Ko’rgazmaga 40 mingdan ortiq kichik biznes, agrofirma, fermer xo’jaliklari vakillari tashrif buyurishdi. Ko’rgazma natijalariga ko’ra 2800 dan ortiq umumiy qiymati 100 million dollar bo’lgan nomiyish etilgan uskunalarni yetkazib berish uchun shartnomalar tuzildi va amalga oshirildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tabdir tashkilotchilar Sizni 2016 yilning 31 may – 3 iyun kunlari Toshkent shahridagi “O’zekspomarkaz” Milliy ko’rgazma kompaniyasi pavilionida bo’lib o’tadigan XI-Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko’rgazma-savdo “Uzbekistan Agrominitech Expo”ga ishtirok etishingiz uchun taklif qiladi.

Ko’rgazmada quyidagi yo’nalishlar o’rin egallaydi: “Mevasabzavot mahsulotlarini qayta ishlash”, “Go’sht va baliqni qayta ishlash”, “Sutni qayta ishlash”, “Veterinariya”, “Non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish”, “Etiketka, poligrafiya, qadoqlash, tara”, “Muzlatish texnologiyalari”, “O’simliklarni asrash uchun kimyoviy vositalar va purkagichlar”, “Issiqxona”, “Asalarichilik”, “Uyda xizmat ko’rsatish uchun uskunalar (tikuv uskunalari, gilamchilik va gilam ishlanmalari ishlab chiqarish uchun va b.q)”. Ko’rgazma davomida yuqorida keltirilgan yo’nalishlarga bag’ishlangan seminarlar o’kaziladi.

Batafsil ma’lumotlarni Siz agro@mfer.uz elektron pochtasi yoki http://agrominitech.mfer.uz/ saytidan olishingiz mumkin.

Sizni qiziqtirgan ma’lumotlarga javob olish uchun (+998 71) 238-51-12, Faks 238-52-00 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingizni so’raymiz.

word.png
Zayavka-2016

Ko’rgazmada ishtirok etish – Sizning O’zbekiston bozoriga yo’lingizdir!