XII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi oktyabr oyida bo'lib o'tadi

Nashr uchun 01.09.2016 y. | 19:16 XII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi oktyabr oyida bo'lib o'tadi
2016 yilning 8 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “XII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, joriy yilning 12–13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi bo'lib o'tadi.

Результат перевода:
Ta'kidlash joizki, 2005 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu yarmarka dunyo iqtisodiy hayotidagi muhim tadbirlardan biriga aylandi. Hozirda mazkur yarmarka jahondagi ko'plab etakchi ishlab chiqaruvchilarni o'ziga jalb qilmoqda. Paxta tolasi va to'qimachilik mahsulotlarini sotish bo'yicha bozor mexanizmlarini yanada rivojlantirish, o'zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar hamda ularning xorijlik hamkorlari o'rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga ko'maklashmoqda.

Ushbu yarmarkani tashkillashtirishda Xalqaro paxta assotsiatsiyasi, Paxta bo'yicha xalqaro konsultativ qo'mitasi, “Cotton Outlook” xalqaro agentligi va Xalqaro to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi singari nufuzli halqaro tashkilotlar doimiy hamkorlik qilib keladi.

Joriy yilgi yarmarka “O'zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “O'zbekengilsanoat” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O'zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi, O'zbekiston “Sifat” markazi va boshqa tegishli tuzilmalar ko'magida tashkil etiladi.

Asosiy tadbirlar “O'zekspomarkaz” kompaniyasining ko'rgazmalar zalida o'tkaziladi. Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasidagi konferentsiyalar hamda muloqotlarda jahon paxta va to'qimachilik bozorining etakchi vakillari tomonidan O'zbekiston va dunyoda paxta tolasi ishlab chiqarish, savdo va investitsion hamkorlikni kengaytirish kabi ko'plab masalalar muhokama qilinishi va o'zaro manfaatli oldi-sotdi shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Yarmarka haqidagi ma'lumotlar bilan www.cottonfair.uz sayti orqali tanishish mumkin.