Xalqaro transport koridorlari

O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining faol rivojlanishi ko’p jihatdan mavjud tashqi savdo tashivu rivojlanishi muammosiga borib taqaladi, bu muammo bilan butun Markaziy Osiyo to’qnash kelmoqda. Akademik V.Bartol’d o’z vaqtida “Turkistonning kelajagi jahon savdosi qanday o’rin egallashga bog’liq. Turkistonda savdo tushunchasi esa to’laligicha quruq yo’l bilan bir qatorda dengiz orqali savdo qilish ma’nosini yangitdan tiklovchi temir yo’llar rivojlanishiga bog’liqdir.”

SSSR qulaganidan so’ng, dengizga chiqish imkoniga ega bo’lmagan davlatlar soni 29 taga yetdi. O’zbekiston Respublikasi ham ushbu ro’yhatdan asosiy o’rin egalladi,chunki O’zbekiston jahon okeanidan ancha uzoqda bo’lgan ikkita mamlakatning biri edi. Bu davlatni okeandan minimum ikki davlat territoriyasiga ega bo’lgan masofa ajratib turadi.

O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgunicha tashqi iqtisodiy aloqalarini 3 dengiz porti- Il’ichevsk(Qora dengizga chiqish yo’li), Sankt-Peterburg (Baltika dengiziga), Vladivostok (Uzoq Sharq portlariga chiqish yo’li) orqali amalga oshirar edi, u yerlarga respublikamidan masofa 3000,4300,va 8000 km edi, bu esa o’z o’rnida yuklarni tashishga ketadigan mablag’ni qoplar edi. Biroq, mamlakatning mustaqil rivojlanishi davridan boshlab, hukumat boshlig’ining maqsadli siyosat yuritishlari natijasida bu yo’nalishlarga qaratilgan yo’nalish butkul ijobiy tomonga o’zgardi.

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining yuritgan faol chora-tadbirlari, ma’sul vazirlik va idoralarni tashqi savdo yuklarini tashish uchun alternativ transport kooridorlarini topish va undan effektli foydalanish yo’nalishlari borasida ish olib borishlari natijasida xalqaro transport kooridorlari to’ri yaratildi va xozirgi kungacha rivojlanib kelmoqda.

Ayni vaqtda, O’zbekistonnig tashqi savdo tashivi quyidagi asosiy transport kooridorlari orqali amalga oshirilmoqda;

1 chi koridor- Boltiq bo’yi mamlakatlari yo’nalishidagi port (Qozog’iston va Rossiya orqali tranzit)-Klaypeda (Litva), Riga, Liyepaya, Ventspils (Latviya), Tallin (Estoniya);

2 chi koridor – YI mamlakatlari yo’nalishi, Belarus va Ukraina orqali (Qozog’iston va Rossiya orqali tranzit) Chop chegara o’tish joyi (Ukraina) va Brest (Belarus):

3 chi koridor – Il’ichevsk (Qozog’iston va Rossiya tranziti) orqali Qora dengizga;

4 chi koridor- Transkavaz koridori yo’nalishi orqali (Turkmaniston, Qozog’iston, Ozorbayjon tranziti orqali) Qora dengizga chiqish, bu kooridor TRASEKA nomi bilan ham mashxur;

5 chi koridor- Bandar-Abbos Eron portiga (Turkmaniston tranziti orqali) Fors Ko’rfaziga chiqish;

6 chi koridor- sharq yo’nalishi, qozoq-xitoy chegara o’tish joyi orqali (Dostiq/Alalshan’qou) toki Xitoy portigacha, shuningdek, Naxodka, Vladivostok uzoq sharq portlariga;

7 chi koridor- xitoy portlariga (Qirg’iziston tranziti orqali) Sariq, Sharqiy-Xitoy va Janubiy- Xitoy dengiziga chiqish;

8 chi koridor- Afg’on konfliktini yo’lga solish munosabati bilan janubiy alternativ transport koridorlariga aynan Eron va Pokiston Bandar-Abbos, Chaxbaxar (IRI), Gavadar va Karachi (IRP) ga Afg’on tranziti orqali yangi istiqbolli yo’nalishlar ochilmoqda.

Xalqaro transport koridorlarining rivojlanishiga 1996 yil 12 mayda O’zbekistoning faol ishtirokida uzunligi 320 km bo’lgan Tedjen-Seraxs-Meshxed temir yo’l magistralini harakatga kiritgani bo’ldi, bu yo’l Markaziy Osiyo mamlakatlariga Eron va Turkiya hududlari orqali jahon bozoriga chiqish uchun yangi transosiyo koridorini ochdi.O’sha yilning o’zida Seraxsada O’zbekiston, Ozorbayjon, Gruziya va Turkmaniston rahbarlari “Temir yo’l transporti faoliyatini yo’nalotirish tog’risida”gi va “ishtirokchi davlatlar orasida tranzit tashuvni yo’lga solish sohasidagi hamkorlik to’g’risida” gi Bitimni imzoladilar.

2005 yil may oyida Eron hududida Bafk-Meshxed temir yo’lining Meshxed-Bender-Abbos (Texron aylanib o’tib) yo’nalishi boyicha Bender-Abbos portigacha qurilishi 800 km dan oshiqroq yo’lning qisqarishiga yordam berdi.

1998 yilning sentyabr oyida esa Baku shaxrida Ozorbayjon, Gruziya va O’zbekiston tashabbusi va Yevropa Ittifoqi ko’magida “TRASEKA- qadimiy ipak yo’lini tiklanishi” mavzuyida Xalqaro Konferentsiya bo’lib o’tdi. 12 mamlakat rahbarlari shuningdek, O’zbekiston tomonidan imzolangan “Yevropa-Kavkaz-Osiyo xalqaro transporti koridorini rivojlantirish bo’yicha asosiy xar tomonlama Kelishuv” shuningdek, ushbu kelishuv yuzasidan xalqaro temir yo’l transporti, xalqaro avtomobil transporti, xalqaro savdo kemachiligi, bojxona tartibi va xujjatlar borasida ish olib borish borasida Texnik Ilova Konferentsiyaning muhum yakuni bo’ldi.

“Yevropa-Kavkaz-Osiyo” (TRASEKA) transport koridori Qora dengiz orqali Yevropadan Markaziy Osiyo respublikalariga Kavkaz va Kaspiy dengizi orqali o’tib keladigan quruq yer va dengiz marshurutlari to’rini qamrab oladi.

Bir tomondan, TRASEKA yo’nalishini Yevropa va Osiyo orasidagi savdo munosabatlarini rivojlanishini, asosiy mahsulot ishlab chiqaruvchi Osiyo va Yevropadagi iste’molchilarni kuzata turib shuningdek, yirik yuk egalari bo’lgan mamlakatlar orqali yklarning oqib kelishini ikkinchi tomondan kuzata turib TERASEKA orqali Yevropaga mahsulot yetkazib berish juda e’tibor tortarli darajada rivojlanmoqda desak adashmagan bo’lamiz. Asosiy Yokogama transokean yo’nalishidan toki yirik g’arbiy yevropa portlari (Rotterdam, Gamburg, Anverpen va boshqalar) gacha bo’lgan masofa TRASEKA yo’nalishiga qaraganda 2 marta uzunroqdir.

2003 yil 18 iyunda Texron (Eron) shahrida O’zbekiston Respublikasi, Afg’on Islom Respublikasi va Eron Islom Respublikasi bilan “Xalqaro transafg’on transport koridorini yaratish tog’risada”gi Kelishuv imzolangan edi bu kelishuv Eron portlariga respublikadan tashqi savdo yuklarini tashishni 1500 km masofaga qisqartirishga yordam beradi.

2011 yil mart oyida kuchga kirgan “Pokiston va O’zbekiston o’rtasida transport va tovarlarni tranziti sohasidagi hamkorlik borasidagi Kelishuv” Afg’onistondagi vaziyatni bir maromda bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan holatlarda, Eron va Pokiston portlariga tashqi savdo yuklarini trasportirovka yo’nalishlarini diversifikatsiya qilishga sharoit yaratib beradi va Afg’oniston hududidan o’zbekiston yuklarini tashish uchun foydalanishning yangi istiqbollari ochadi.

Mamlakatimizning tranzit potensialini oshirish maqsadida, O’zbekistonda temir yo’l magistrali kommunikatsiyasini shakllantirish uchun katta e’tibor qilinmoqda, bunga, 2001 yilda 341 kmli “Navoiy-Uchquduq, Sultonuizdag” va 220 kmli “Toshguzor-Boysun-Qumqo’rg’on” temiryo’llari liniyasi qurilishining yakullangani misol bo’la oladi.

Barcha Markaziy Osiyo regionlari uchun 2010 yil noyabr oyida Afg’onistonda birinchi bo’lgan 75 kmli Hayraton-Mozori Sharif temir yo’l linyasining qurilib foydalanishga topshirilgani alohida ahamiyat kasb etdi. Bu loyiha IBR ko’magi bilan “O’zbekiston temir yo’llari” davlat-aktsionerlik temir yo’l kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

2011 yil 25 aprelda “O’zbekiston va Turkiya temir yo’l administratsiyalari o’rtasida vagonlardan foydalanish to’g’risidagi Shartnoma” kuchga kirdi, va bu, temir yo’l liniyasi orqali Turkiya yuk tashishni har tomonlama qulay qilib qo’ydi.

Baku-Tibilisi-Axalkalaki-Kars temir yo’l yo’nalishlari bo’yicha qurilishlarning o’z nihoyasiga yetganligi ushbu yo’nalishni Janubiy va Markaziy Yevropa, shuningdek, O’rtayerdengizi orqali Mersin portiga va Yaqin Sharq mamlakatlarining bozorlariga chiqishga imkoniyat yaratadi.

Xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida, mintaqalar bilan keng hamkorlik olib borish natijasida O’zbekistonning tashabbusi bilan 2011 yil 25 aprel kuni Ashxobod shaxrida “O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Omon-Qatar” transport-koridorlari yaratish to’g’risidagi Hukumatlararo kelishuv imzolandi.

Ushbu transport koridori Markaziy Osiyo, Fors Ko’rfazi va Omon dengiziga mamlakatlar orasida passajirlar va yuklarni tashish imkoniyatini beradi.

Ushbu loyihaning muvoffaqiyatli amalga oshirilishi ishtirokchi davlatlar orasidagi savdo-iqtisodiy, o’zaromanfaatli hamkorlikni kengaytiradi va mustahkamlaydi shuningdek, yuk tashuvi hajmini oshiradi, jahon bozorlariga yangi yo’nalishlar orqali chiqish imkoniyatini beradi.