Xalqaro tashkilotlar

BMT TD
BMT TD
Manzil: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod ko’chasi, 41/3 indeks 100015
Telefon: +998 71 120 34 50
Faks: +998 71 120 34 50
E-mail: registry.uz@undp.org
Veb-sayt: http://www.uz.undp.org
Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi insonlarga yanada yaxshi hayot tarzini ta’minlash maqsadida mamlakatlarni bilim manbaalariga boshlovchi yo’llarni rivojlantiruvchi, tashkillashtiruvchi, tajriba va zahiralarga yo’l ko’rsatuvchi yirik global tarmog’i hisoblanadi.  
Islom Taraqqiyot banki (ITB)
Islom Taraqqiyot banki (ITB)
Islom taraqqiyot banki 18 dekabr 1973 yilda Islom Konferentsiyasi Tashkiloti ishtirokchi davlatlarining moliya vazirlari yig’ilishida ta’sis etilgan va o’z faoliyatini 1975 yil oktabr oyida boshlagan. ITBning bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. Shuningdek bankning Rabot (Maroqand), Kuala-Lampur (Malayziya), Olmaota (Qozog’iston) va Dakar (Senegal) kabi mamlakatlarda 11 ta vakolatxonasi va 4 ta mintaqaviy offisi bor. Islom Konferensiyasi Tashkilotining (IKT) barcha mamlakatlari ITBning a’zosi bo’lishga haqlidirlar. Xozirgi kunda Bank 56 a’zo-mamlakatni birlashtiradi. To’langan aktsiya hajmi hisobida Bankning asosiy aktsionerlari Saudiya Arabistoni, Quvayt, Liviya, Turkiya, BAA, Eron, Misr va Qatar kabi davlatlar hisoblanadi.
Butunjahon banki (BJB)
Butunjahon banki (BJB)
Manzil: Butunjahon banki bosh qarorgohi Vashington, O.K, NW, 1818 H Street 20433 AQSh
1992 yil sentabr oyidan buyon O’zbekiston Butunjahon bankining teng huquqli a’zosi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining “Halqaro valyuta fondiga, Halqaro rekonstruksiya va rivojlanish, Halqaro rivolanish assosasiyasi, Halqaro moliyalashtirish korporasiyasi, Investitsiya kafolatlari bo’yicha agentligiga O’zbekiston Respublikasining a’zoligi tog’risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyuldan harakatga kiritildi.
Osiyo Taraqqiyoti banki (OTB)
Osiyo Taraqqiyoti banki (OTB)
Osiyo Taraqqiyot banki halqaro moliya instituti hisoblanadi va uning asosiy maqsadi-Osiyo- Tinchokeani hudularida kambag’allikni qisqartirish va farovonlik darajasini oshirishdan iboratdir. O’zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo’lgan. OTB O’zbekistonning rivojlanishiga 1996 yildan buyon ko’maklashib kelmoqda.