Osiyo Taraqqiyoti banki (OTB)

Osiyo Taraqqiyoti banki (OTB)

Osiyo Taraqqiyot banki halqaro moliya instituti hisoblanadi va uning asosiy maqsadi-Osiyo- Tinchokeani hudularida kambag’allikni qisqartirish va farovonlik darajasini oshirishdan iboratdir. O’zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo’lgan. OTB O’zbekistonning rivojlanishiga 1996 yildan buyon ko’maklashib kelmoqda.

OTBning O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi 1998 yildan ochilgan.

2009 yil oktyabr oyidan OTBning O’zbekistondagi doimiy vakili Kazuxiko Xiguchi (Yaponiya) xisoblanadi.

OTBning hamkorlik masalalari bilan shug’ullanuvchi hukumat muassasasi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirlgi hisoblanadi.

OTBning ja’mi 4,9 milliarad dollaridan oshiqroq miqdordagi jalb qilingan resursi doirasda, bankning O’zbekiston bilan hamkorlik to’plami bugungi kunda 14,5 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi 40 ta loyihani o’z ichiga oladi.

Hozirgi kunda hamkorlikda bir qancha strategik muhum bo’lgan investision loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda, umumiy kuchi 900 MVt bo’lgan ikkita parogaz Tolimarjon TESda o’rnatish, avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiyasi bo’yicha yirik dastur, Surgil koni negizida Ustyurt gazkimyo kompleksini qurish, qishloq joylarida turar joy qurilishi dasturi shular jumlasidandir.

Muzokoralar chog’ida mamlakatning yetakchi halqaro moliya instituti- hamkor davlati, O’zbekiston va Osiya taraqqiyoti banki o’rtasidagi hamkorlik strategik va uzoqmuddatli xarakterga ega bo’lishi alohida ta’kidlab o’tildi.

Ayni vaqtda OTBning Osiyo regionlarida quyosh energiyasini rivojlantirish borasidagi tashabbusining amalga oshirilishi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu tashabbus doirasida O’zbekiston va OTB Samarqand shahrida, regionda birinchi 100 MVt kuchiga ega bo’lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirishga kirishishdi. 2013 yilda OTB bilan hamkorlikda kelajakda boshqa yangi qo’shma loyihalarning generatori bo’lib xizmat qiladigan, faqat O’zbekiston hududidagina emas balkim boshqa Osiyo kontinentlaridagi qayta yangilangan energiya manbalardan foydalanishga qaratilgan, Toshkentda birinchi Halqaro quyosh energiyasi instituti tashkil etildi.

O’zbekiston va OTB o’rtasida ushbu yo’nalishdagi hamkorlikni mantiqiy davomi sifatida ushbu sohada Osiyo shuningdek, Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatidan hukumatning 300 ga yaqin vakillari, halqaro moliyaviy institutlari, uskunalar ishlab chiqruvchi kompaniyalar, ilmiy-tekshirish institutlari quyosh energiyasi sohasidagi ekspertlar va mutaaxassislar ishtirokidagi Toshkent sharida noyabr oyining oxrida o’tkazilgan quyosh energiyasi Osiyo forumining 6- yig’ilishi tashkil etilgani bo’ldi.

OTB prezidentining O’zbekistonga qilgan oxirgi tashrifi doirasida “Samarqand tumanida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurish”, “Amu-Buxoro irrigasiya tizimi reabilitasiyasi” va “kichchik va makromoliyalashtirishni rivojlantirish” kabi umumiy qiymati 380million dollar bo’lgan qarz kelishuvlari imzolandi.

Hozirgi kunda esa tomonlar neftegaz sektori, elektroenergiya, transport infrastrukturasi, suv bilan ta’minlash, turar-joy qurilishi, kichchik biznes, sog’liqni saqlash, ta’lim va kommunal sohalardagi istiqbolli bo’lgan dastur va loyihalarni 2014-2016 yillardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqdalar.