Butunjahon banki (BJB)

Butunjahon banki (BJB)
Manzil: Butunjahon banki bosh qarorgohi Vashington, O.K, NW, 1818 H Street 20433 AQSh

1992 yil sentabr oyidan buyon O’zbekiston Butunjahon bankining teng huquqli a’zosi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining “Halqaro valyuta fondiga, Halqaro rekonstruksiya va rivojlanish, Halqaro rivolanish assosasiyasi, Halqaro moliyalashtirish korporasiyasi, Investitsiya kafolatlari bo’yicha agentligiga O’zbekiston Respublikasining a’zoligi tog’risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyuldan harakatga kiritildi.

Butunjahon banki a’zosi- O’zbekiston Shveysariya davlatlari guruhiga kiradi.

Butunjahon banki offisi O’zbekistonda 1992 yilda ochilgan edi. Butunjahon bankining O’zbekistondagi missiyasi respublika aholisining hayot tarzini ko’tarishdan iboratdir. Bank ijtimoiy xizmat va mamlakat infrastrukturalarini modernizasiya qilish maqsadida moliyaviy resurslar va tavsiylar beradi.

Butunjahon bankining qarz dasturi sog’liqni saqlash xizmati, maktab ta’limini istiqbolda rivojlantirish, sug’orish infrastrukturasini reabilitasiya qilish va xususiy fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash, shahar va qishloqlarda tozza ichimlik suvini ta’minlash , kommunal xizmatlar infrastrukturasini qayta tiklashda respublikaga yordam ko’rsatish, muammolarni hal qilish, jamoachilikga qulay sharoit yaratishga va klimat o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan dasturlarni moliyalashtirishga qaratilgan.

Hozirgi kunda 2008-2011 yillar uchun respublikada moliyaviy yordam ko’rsatish borasida MBRR yo’nalishi bo’yicha Butun jahon bankining yangi strategiyasi harakatlanib turibdi. Ishlab chiqilgan ushbu strategiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil avgustda tasdiqlangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi aholi turmush tarzini 2007-2010 yillarda ko’tarishga qaratilgan dasturiga asoslanadi.

Ushbu loyihalar to’plami Butun jahon banki strategiyasi doirasidagi faoliyatida 2008 yildan 2011 yilgacha mamlakatning ustuvorligini qo’llab-quvvatlovchi asosiy 4 yo’nalish uchun poyedevor yaratib beradi:

(I) iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoit yaratish

(II) qishloqlarda iqtisodiy o’sish imkoniyatlarining o’sishi

(III) aholi uchun xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish

(IV) atrof muhitni boshqarish va aholi uchun xizmat ko’rsatish

Faoliyatdagi Butunjahon bankining to’plami 10 ta loyihalardan tashkil topgan-Farg’ona vodiysi va Faza-I da suv resurslarini boshqarish; Buhoro va Samarqand shaharlarida inshootlarni rekonstruksiya qilish va kanalizasiya tizimini tozalash(ikkinchi faza);Qishloq ishlab chiqarish loyihasini qo’llab-quvvatlash (ikkinchi faza);Ovqatlanish sifatini yaxshilash global alyansi; Sog’lomlashtirish loyihasi 2;Vetlandni qayta tiklash , irrigasiya infrastrukturasi va drenaj rekonstruksiyasi loyihasi, Faza I (Drenaj loyiha);Buhoro va Samrqand shaharlarini suv bilan ta’minlash loyihasi; Sanoat korxonalari energo effektliligini oshirish loyihasi.