Islom Taraqqiyot banki (ITB)

Islom Taraqqiyot banki (ITB)

Islom taraqqiyot banki 18 dekabr 1973 yilda Islom Konferentsiyasi Tashkiloti ishtirokchi davlatlarining moliya vazirlari yig’ilishida ta’sis etilgan va o’z faoliyatini 1975 yil oktabr oyida boshlagan. ITBning bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. Shuningdek bankning Rabot (Maroqand), Kuala-Lampur (Malayziya), Olmaota (Qozog’iston) va Dakar (Senegal) kabi mamlakatlarda 11 ta vakolatxonasi va 4 ta mintaqaviy offisi bor.

Islom Konferensiyasi Tashkilotining (IKT) barcha mamlakatlari ITBning a’zosi bo’lishga haqlidirlar. Xozirgi kunda Bank 56 a’zo-mamlakatni birlashtiradi. To’langan aktsiya hajmi hisobida Bankning asosiy aktsionerlari Saudiya Arabistoni, Quvayt, Liviya, Turkiya, BAA, Eron, Misr va Qatar kabi davlatlar hisoblanadi.

ITBning nizom bo’yicha kapitali nominal qiymati bo’yicha har biri 10 000 islom dinoriga teng 10 000 000 aktsiyaga bo’lingan, 100 milliard islom dinorini tashkil etadi.

Har bir a’zo-davlat Bank ish yurutuvchi Maslahati va ish yurutuvchi o’rinbosariga taqdim etilgan, ish yurutuvchilar maslahati o’tgan yil davomida Bank faoliyatini muhokama qilish va Bankning istiqboldagi siyosati borasida qaror qabul qilish uchun yilida bir marta yig’iladilar. Boshqaruvchilar maslahati bankni boshqarishda yuqori organ hisoblanadi. U Maslahatda ijro etuvchi direktorlar vakolatini bankning umumiy operatsiyalarini yuritish uchun bekor qilishi mumkin.

Ijrochi direktorlar Maslahati 18 ishtirokchidan iborat ulardan, 9 tasi tayinlanadi va 9 tasi saylanadi. Bank prezidenti ijrochi direktorlar Maslahatining raisi hisoblanadi. Direktorlar 3 yil muddatga o’z o’rinlarini egallaydilar va qayta saylanishlari mumkin.

Bank uchun asosiy maqsad ijtimoiy o’sish va rivojlantirishni kuchaytirishdir bu borada bank a’zo-mamlakatlarning hukumat va xususiy sektordagi istiqbolli loyihalarini iqtisodiy ta’minlaydi. Bank iqtisodiy va ijtimoiy infrastrukturaviy loyihalarni sarmoyaviy qo’llab- quvvatlaydi, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatadi va xalqaro savdo rivojlanishiga xissasini qo’shadi.

ITB, a’zo-mamlakatlarning rivojlanish dasturlarini islom printsiplariga muvofiq lizing, bo’lib to’lash, istisno, kapitalga ishtirok etish kabi bir qancha ko’rinishlarda moliyalashtiradi.

Bank ta’sis etilgan kunidan boshlab, tinmasdan rivojlandi va ayni vaqtda o’z ichiga Islom taraqqiyot banki, Islom treningni o’rganish instituti, Islom investitsiya sug’urtasi va kredit eksporti korporasiyasi, Islom xususiy sektorini rivojlantirish va savdo moliyalashtirish Xalqaro islom korporasiyasi kabi bir guruh tashkilotlarni qamrab oldi.

ITB ning asosiy faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan, infrastrukturani rivojlantirish, intitutsional potensialni mustahkamlash, a’zo-mamlakatlar orasidagi hamkorlikni kengaytirish: xususiy sektorni rivojlantirish va islom bankining moliyaviy industriyasini kengaytirish shular jumlasidandir.

Tashkil topganidan so’ng xijriy 1434 yilning birinchi choragi (10.02.2013 yil xisobidan) ITB guruhi tomonidan texnik yordam, moliyalashtirish loyihasi, savdo orqali moliyalashtirsh operatsiyasi va mahsus loyihalarni qo’llab quvvatlash orqali 7655 opeartsiyani 89,6 milliard AQSH dollariga moliyalashtirish tasdiqlandi.

O’zbekiston bilan ITB o’rtasidagi hamkorlik Bank tomonidan Buxoro shahridagi Mir-Arab madrasasi Imom Al-Buxoriyning xotira kompleksi Dor-Ul Xadis kabi tarixiy obidalarni qayta tiklash borasida grant ajratishni tasdiqlagan 1991 yildan boshlangan.

O’zbekistonning ITBga kirishi borasidagi birinchi rasmiy muzokara 20-28 may 2003 yilda O’zbekiston delegasiyasining Jidda (Saudiya Arabistoni) shahridagi bosh qarorgohiga tashrifi chog’ida bo’lgan edi. Bu muzokaralar natijasida ITB guruhining Olma-otada 2003 yil 2-4 sentyabr oylarida bo’lib o’tgan 28 chi Yig’ilishida O’zbekiston Respublkasini ITBning teng huquqli a’zo sifatida qabul qilish borasida qaror qabul qilindi. Undan so’ng, O’zbekistonda 2003 yil oktyabr oyida ITB ga a’zo mamlakatlarning ishbilarmon doiralari va diplomatik korpus vakillari shuningdek, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi bankning investitsiyaviy konferensiyasi o’tkazildi. O’sha yilning o’zida O’zbekistonga Bank vitse prezidenti doktor Axmadu Bubakar Sise boshchiligidagi ITB missiyasi yuborildi, tashrif yakunida O’zbekiston Respublikasi hukumati va ITB o’rtasidagi hamkorlikning kelayotgan yillardagi istiqbolli rejalari aniqlandi.

Bugungi kunda, ITB va O’zbekiston Respublikasining hamkorlik dasturi doirasida, ITB tomonidan 1 221 million AQSH dollari miqdorida sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligi, qurilish va umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarini to’ldirish, qurulish va avtomobil yo’llarini ta’mirlash, kichchik va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishda imkoniyatlar yaratish, davlat finansini boshqarishda reforma o’tkazish va ko’maklashish kabi 32 ta loyiha moliyalashtirish tasdiqlangan. Ulardan 01.11.2013 yil holatiga ko’ra 991,0 million AQSH dollaridan ko’proq moliyaviy kelishuvlar kuchga kirdi va unga ko’ra 400 million AQSH dollaridan ko’proq pulga moliyalashtirish amalga oshirildi. Bank tomonidan tasdiqlangan loyihalarning to’liq ro’yhati ilovada keltirilgan.

2012 yilda O’zbekiston va ITB o’rtasida quyidagi loyihalarni amalga oshirsh uchun moliyaviy kelishuvlar imzolangan edi:

- “O’zbekiston Respublikasida 14 ta onkologiya dispanserini qurish va to’ldirish” 37,04 million AQSh dollari,

- “Xorazm viloyatida Tashsakin sistemasidagi magistral (sug’orish) kanallarini reabilitasiya qilish” 90,37 million AQSh dollari

- “Gidroelektrostansiyalarni qayta qurish va modernizatsiya qilish” 100 million AQSh dollari

- shuningdek, ““Uzinfoinvest” Agentligining Institutsional rivojlanishiga” 300 million AQSh dollarida mablag’lar ajratilgan.

Shuning bilan birgalikda 2013 yilda quyidagi loyihalar imzolangan va ishlab chiqilmoqda.

1. Toshkent shahri tashqi yoritish to’ri sistemasida energoeffektli texnologiyalar olib kirish va modernizasiya qilish, 36 million AQSh dollari (loyiha 2013 yil 9 fevralda tasdiqlangan, 17.04.2013 yilda imzolangan, 15.06.2013 yilda kuchga kirgan)

2. Toshkent, Kadirin va Shaxrixon kaskadlaridagi GESlarni 100 million AQSh dollariga modernizasiya qilish (loyiha 2013 yil 31 mayda tasdiqlangan, 2013 yil 25 mayda imzolangan)

3. MAK “O’zbekiston Xavo Yo’llari” uchun ikkita samolyot 170million AQSh dollariga moliyalashtirsh (loyiha 2013 yil 19 mayda tasdiqlangan, 2013 yil 25 mayda va 2013 yil 18 iyulda imzolangan).

4. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida elektroenergiya hisob-kitobini avtomatlashtirilgan tizimini kiritish (loyiha 3013 yil 27 oktyabrda tasdiqlangan).

5. Davlat sanitariya-epidemialogik markazi inspeksiyasini laborotoriya uskunalari bilan to’ldirish.

6. Surxondaryo viloyatida suv resurslaridan foydalanishni boshqarishni yaxshilash (Xazorbog’-Akkapchig’oy kanali tizimini rekonstruksiya qilish)