BMT TD

BMT TD
Manzil: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod ko’chasi, 41/3 indeks 100015
Telefon: +998 71 120 34 50
Faks: +998 71 120 34 50
E-mail: registry.uz@undp.org
Veb-sayt: http://www.uz.undp.org

Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi insonlarga yanada yaxshi hayot tarzini ta’minlash maqsadida mamlakatlarni bilim manbaalariga boshlovchi yo’llarni rivojlantiruvchi, tashkillashtiruvchi, tajriba va zahiralarga yo’l ko’rsatuvchi yirik global tarmog’i hisoblanadi.

Biz dunyoning 117 ta mamlakat va hududlarida faoliyat yuritamiz, ularning rivojlanishi borasidagi milliy va global muammolarning yechimini topishda izlanishlar olib boramiz va hamkorlik qilamiz, O’zbekiston ham shu mamlakatlar qatoridadir.

BMT TD 1993 yil yanvar oyida O’zbekistonda o’z vakolatxonasini ochdi va shu yildan boshlab mamlakat taraqqiyoti uchun faol yordam berib kelmoqda.

BMT TD, O’zbekiston Respublikasi, fuqarolik jamiyati instituti va mamlakatning o’tish davrida oddiy insonlar o’z faoliyatlari mobaynida duch keladigan turli hil qiyinchiliklarni yengishlari uchun ko’maklashishga qaratilgan keng miqiyosdagi tadbirlar o’tkazadi. BMT TD davlat va nodavlat institutlarning iqtisodiy va ijtimoiy reformalarni muvofaqqiyatli amalga oshirish va O’zbekiston xalqini farovonligini ta’minlash borasida kerak bo’lgan ilm, tajriba va resurslarni olish uchun yordamlashadi.

Biz nimaga erishmoqchimiz?

BMT TDning O’zbekistondagi faoliyati Davlat dasturining amaldagi ish Rejasiga (2010-2015yy.) muvofiq ikki tomonlama o’zaro bog’liq bo’lgan maqsadlarga erishishni ko’zlaydi. Bu maqsadlar, Hukumatni iqtisodiy va demokratik reformalarni amalga oshirishiga ko’maklashish, shuningdek, fuqarolik jamiyatining milliy va mahalliy darajadagi rivojlanish jarayoniga qatnashishini kengaytirsh va qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. BMT TDning O’zbekistondagi faoliyati uchta mavzuli yo’nalishlarga asoslangan bular, samarali boshqaruv, iqtisodiy boshqaruv hamda atrof-muhitning kam ta’minlashini qisqartirish va energiyalardir.

Muvoffaqiyatlarimiz qay darajada?

BMT TD, atrof-muhit va energetika, davlat boshqaruvi va iqtisodiy boshqaruv sohalarida O’zbekiston hukumatining ko’pgina vazirliklari bilan o’zaro manfaatli bo’lgan aloqalar o’rnatgan. Kichchik biznes uchun qulay sharoit yaratib berishda BMT TD Hukumatni faol qo’llab-quvvatlamoqda, xususan, BMT TD biznesga ko’maklashish va aholiga davlat xizmatlari ko’rsatish “yagona oyna” markazlarini ta’sis etishda yaqindan ko’maklashadi.

BMT TD hukumat boshqaruvi sektorida milliy, mahalliy darajada davlatning ochiqlik, samaralilik, tushunarliligini oshirish borasida o’zining hissasini qo’shmoqda. BMT TD O’zbekistonda elektron hukumat tizimini yaratishda muhum rol o’ynaydi xususan, elektron hujjat ayrboshlashning milliy tizimini rivojlantirish yo’li bilan hukumat xizmatlarining sifatini oshiradi. Shuningdek, agentlik Antiretrovirus terapiyasi (ARVT) joriy qilish, VICH bilan yashovchi qo’shimcha 3000 insonni davolanishiga sharoit yaratishni ta’minlash borasidagi BJSST protokolining O’zbekiston Hukumati tomonidan qabul qilinishini yoqlab chiqmoqda.

BMT TD O’zbekistonda mavjud ekologik muammolar yechimiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqda va energiya resurslarini ratsional foydalanilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. BMT TD suv resurslarini boshqarishning fragmentli ko’rinishidan kompleks ko’rinishiga o’tishning muhum o’rnini ko’rsatgan holda, “Suv va uni ishlatish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqishda muhum o’rin tutmoqda. Oxirgi 10 yil ichida BMT TD Respublikaga, O’zbekistonda birinchi biosfera rezervini yaratishga ko’maklashish borasida faol yordam ko’rsatmoqda. Shuningdek, BMT TD mamlakatni o’rganib, Ustyurt yassitog’ida respublikaning noyob flora va fauna kartasini yaratdi.

Kim qaror qabul qiladi?

BMT sistemasini O’zbekistonda BMTning O’zbekistondagi doimiy koordinatori, shu bilan birgalikda O’zbekistondagi BMT TDning doimiy vakili Stefan Prisner boshqaradi, Yako Silliyers BMT TDning O’zbekistondagi doimiy vakilining o’rinbosari hisoblanadi. Mamlakatimizdagi ofisida dasturning uch bo’limi faoliyat yuritadi va ularning har birini dasturiy analitik boshqaradi: Atrof-muhit va energiya, Muvofaqqiyatli boshqarish bo’limi va Iqtisodiy boshqarish bo’limi.

BMT TD, O’zbekiston Respublikasi Hukumati va tegishli vazirliklar shuningdek, fuqarolik jamiyati instituti va milliy NNT bilan hamkorlikda ishlaydi. BMT TD O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2010-2015 yilda tasdiqlangan Davlat dasturi doirasida o’z faoliyatini yuritib kelmoqda.