Korea Desk

2016 yil 28 sentyabrda Seul shahridagi O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasidagi Hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik qo’mitasining 8-yigilishi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnik va sanoat-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishni, ikki mamlakat korxonalari o'rtasida biznes hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatga koreya sarmoyasi oqimini rag'batlantirish, shuningdek O'zbekistonda Koreya kompaniyalari faoliyatini qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshida «Korea Desk» sektori (“Yagona darcha” tamoyili asosida) tashkil etildi.

Koreya kompaniyalarining O’zbekistonda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy faoliyatlarini olib borishlarini ragbatlantirish boyicha «Korea Desk» sektorining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

1. Koreya Respublikasining Hukumat organlari (Savdo, sanoat va energetika vazirligi, Elchixona, KOTRA va Koreya Eksimbanki vakolatxonalari va b.) va kompaniyalarining O'zbekistonda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy faoliyatni olib borish bilan bog'liq murojaatlarini qabul qilish, ko'rib chiqish, tahlil qilish va ular boyicha xulosalar va javoblar tayyorlash;

2. Koreya tomoni murojaatlarini to'liq ko'rib chiqish va etarlicha o'rganish maqsadida respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari, shu jumladan joylardagi davlat hokimiyati organlari, bojxona, soliq va standartlashtirish va sertifikatlashtirish organlari, tijorat banklari va respublika korxonalari, shuningdek, TIAISV tarkibiy bolinmalari bilan yaqin hamkorlik olib borish;

3. Koreya kompaniyalarini doimiy axborot bilan qo'llab-quvvatlash, ularni reapublikaning eksport va sarmoyaviy salohiyati, qulay biznes sharoitlari, shu qatorda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar, istiqbolli investitsiya loyihalari, e'lon qilinishi kutilayotgan tender va davlat xaridlari, xorijiy investitsiyalar va tashqi savdo sohalaridagi me'yoriy-huquqiy baza va qonun hujjatlardagi o'zgarishlar haqida keng xabardor etish;

4. O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar haqida xabardor qilish va aniqliklar kiritish, Respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo'yicha fikr almashish maqsadida Koreya kompaniyalari uchun brifinglar va davra suhbatlari tashkil etish;

5. Koreya kompaniyalariga ishonchliligi va biznes sha'ni tahlili asosida o'zbekistonlik sheriklar aniqlashda, o'zaro manfaatli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralarni belgilangan tartibda tashkil etishda ko’maklashish;

6. Koreya Respublikasidagi innovatsion va yuqori texnologiyali loyihalarni tahlilini olib borish va uning asosida yangi, O'zbekiston Respublikasi sharoitlariga mos istiqbolli qo'shma sarmoyaviy loyihalarni shakllantirish bo’yicha takliflar kiritish;

7. Koreya kompaniyalarini sanoat sohalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqa davlat dasturi doirasidaga loyihalar boyicha muntazam axborot bilan ta’minlash hamda mazkur loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish;

8. Doimiy tezkor hamkorlik olib borish hamda samarali faoliyat olib borishga to’siqlik qilayotgan omillarni aniqlash maqsadida O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan Koreya kompaniyalarining yagona ma'lumotlar bazasini yuritish va yangilab borish, koreys biznesidan kelayotgan yangi takliflar ma'lumotlar jamlanmasini ta'minlash;

9. Koreya kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning muntazam monitoringini olib borish va ularni amalga oshirish jarayonida xorijiy hamkorlar tomonidan vujudga keladigan muammolarni tezkor hal etish;

10. O'zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, tarmoq korxonalari va boshqa organlari bilan hamkorlik masalalarida Koreya kompaniyalariga amaliy yordam ko'rsatish;

11. Koreya kompaniyalarini O'zbekiston Respublikasida o’tkazilayotgan keng ko'lamli xalqaro ko'rgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar va boshqa shu kabi tadbirlar haqida xabardor etish va ularga jalb etish;

12. Sektor faoliyati bo'yicha yarim yillik va yillik hisobotlarni, taklif va tavsiyalarni tayyorlash, hamda ularni O'zbekiston-Koreya hukumatlararo savdo va iqtisodiy hamkorlik qo'mitasining navbatdagi yigilishida ko’rib chiqish uchun kiritish;

13. Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi diplomatik missiyasi va KOTRA vakolatxonasining mutassadi xodimlari bilan hamda Koreya kompaniyalari, O'zbekistonning manfaatdor vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va kompaniyalari vakillari ishtirokida muntazam uchrashuvlar o’tkazish;

14. Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnik va sanoat-texnologik hamkorlikni kengaytirishni to'liq qo'llab-quvvatlash, tashqi bozorga ichki mahsulot eksportini rag'batlantirish maqsadida Koreya kompaniyalari imkoniyatlaridan foydalanish;

15. O’xshash sektorlar faoliyatini tashkil etish bo’yicha ijobiy xalqaro tajribani o'rganish va joriy etish, «Korea Desk» sektori faoliyatini uzluksiz takomillashtirish va uning samarali faoliyat yuritishini ta'minlash.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
qoshidagi 
«Korea Desk» sektori mas'ul xodimlari

Ism-sharifiLavozimiMa’lumotlari
1.Doniyor AHMADJONOV«Korea Desk»
sektori boshqaruvchisi
Tel.: (+99871) 238-52-11
Faks: (+99871) 238-52-00
El.pochta: mf77@mfer.uz
2.Guzal TAGAYEVA«Korea Desk»
sektori mas'ul xodimi
Tel.: (+99871) 238-51-10  
Faks: (+99871) 238-52-00
El.pochta: mf78@mfer.uz