Investitsiyaviy faoliyat statistikasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PP-2458 – sonli Qarori bilan “2016 yilgi Investitsiya dasturi” tasdiqlangan bo`lib, 2016 yilning yanvar-dekabr oyi bo’yicha dasturning Aniq manzilli qismidagi 163 ta loyihalar doirasida 3,5 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilindi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligining hisobot davrida ushbu loyihalarning o’z vaqtida amalga oshirilishi borasida doimiy davlat monitoring olib borildi.
Xorijiy investitsiyalarning asosiy o’zlashgan qismi neftegaz sanoatiga (36,0%), energetikaga (13,9%), transport infrastrukturasiga (9,0%), kommunikatsiya va axborotlashtirishga (8,1%), moliya sektoriga (5,9%), yo’l infrastrukturasiga (5,3%), qishloq va suv xo’jaligiga (4,5%), ichimlik suvi bilan ta’minlashga (4,0%), yengil sanoatga (3,7%), qurilish materiallarini ishlab chiqarish va qurilishga (3,0%) va boshqalarga to`gri keldi.
Hisobot davrida Investitsiya dasturi doirasida respublikamiz iqtisodiga 20 dan ortiq xorijiy davlatlar jumladan, XXR, Rossiya, Germaniya, Singapur, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va boshqa shu kabi davlatlarning to`g`ridan-to`g`ri horijiy investitsiyalari jalb qilindi.
Shu bilan birga Osiyo Tarraqqiyot Banki, Jahon Banki, Islom Taraqqiyot Banki, Hitoy Halq Respublikasi, Yaponiya va shu kabi boshqa xalqaro moliyaviy institutlar va donor-mamlakatlarning imtiyozli kredit mablag`lari jalb etildi.