Nima uchun O'zbekiston

Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik

O’zbekiston –bu, birinchi o’rinda siyosiy barqarorlik, bu ertangi kunga ishonch va siyosiy, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida baqadam islohotdir. Bu shunday mamlakatki unda 100 dan ortiq millat va 10 dan ortiq din vakillari tinchlik va yakdillikda yashashadi.

Mustaqillikning birinchi yillaridan O’zbekiston o’z rivojlanish yo’lini tanladi, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning mustaqillikga erishgan ilk bosqichida ishlab chiqilgan, 5 asosiy tamoyilga suyanuvchi, ijtimoiy-bozor iqtisodiyotiga yo’naltirilgan “O’zbek modeli” ishlab chiqlidi; bu tamoyillar- iqtisodning siyosatdan ustunligi; davlat bosh islohotchi; qonun ustuvorligi; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish; kuchli ijtimoiy himoyadir.

Bu modellarning muvoffaqiyatli joriy qilinishi bugungi kunda O’zbekistonda ;

- makroiqtisodning mustahkam, tashqi va ichki iqtisod sektorini tenglashtirish, valyuta yig’ilishining o’sish;

- yillik iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratib berish yil davomida o’rtacha, 8% asosan ichki faktor xisobidan;

- investitsiyalarni amalda qo’llab, yangi mahsulotlar ko’rinishlarini o’zlashtirayotgan eksportyor-korxonlar, kichik biznes sub’ektlari va korxonalarga davlat tomonidan qo’shimcha imkoniyatlar yaratgan holda birgalikdagi soliqqa tortishni 3 marta kamaytirish;

- Bazel prinsiplari bank nazoratiga amal qilgan holda mustahkam bank-moliya tizimini yaratish. Asosan, bank kaptali yetarliligi darajasi 23%dan ko’proq, bu xalqaro standartlardan 3 marta yuqoriroq;

- Faol sarmoyaviy siyosat, texnik modernizasiya sohasi sanoati va infrastruktura ishlab chiqarishi xisobidan yangi yuqori texnologik sohani rivojlantirish kabi imkoniyatlarini yaratib berdi.

Qabul qilingan inqiroz bilan kurashish va uni bartaraf qilish natijalari strategiyasi O’zbekistonga ko’p mamlakatlar qatorida o’tayotgan vaqt mobaynida mustahkam iqtisodiy rivojlanish darajasini ko’tarishiga yoram berdi. 4 yil ichida IYM o’sish darajasi -8.0% shuningdek, 2013 yil xulosalariga ko’ra 8.0% ni tashkil etdi. Shuning bilan birgalikda, oxirgi yetti yil ichidagi inflyasiya darajasi 8 % dan oshmaydi.

Oxirgi yillar mobaynida mamlakatda Davlat byudjetidan mustahkam profesit ta’minlanib turilmoqda.

Qulay sarmoyaviy muhit va soliq siyosati

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda xalqaro sarmoyadorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar yaratib berildi, xalqaro investitsiyalar bilan faoliyat yuritayotgan korxonalarning faoliyatini qo’llab quvvatlash borasida bir qancha tizmlar ishlab chiqilgan.

Hukumat xorijiy investorlarning O’zbekiston Respublikasi hududdida olib borayogan sarmoyaviy faoliyatlarini huquqiy himoya qiladilar va kafolatlaydilar. Agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sarmoyalashtirish shartlari yomonlashib borsa, xorijiy investorlarga investitsiyalashtirish davridan boshlab 10 yil davomida sarmoyalashtirish kunidan muomalaga kiritiluvchi qonun amalda bo’ladi.

Bundan tashqari, ayrim hollarda xorijiy sarmoyadorlar uchun respublikaning mustahkam iqtisodiy o’sishini ta’minlovchi, kichik tabirkorlik sohasidagi loyihalarda qo’shimcha kafolatlar va sarmoyalashtirish borasidagi istiqbolli sohalar va loyihalarda himoyalash choralari ko’rib chiqiladi.

2001 yil 1 oktyabrdan respublikamizda “yagona darcha” prinsipi asosida yuridik shaxslarni ro’yhatdan o’tkazishning eng oddiy tizimi o’rnatilgan. Boshqa so’z bilan aytganda yangitdan tashkil etiladigan korxonalar barcha kelishuvlari bitta bosqich doirasida, 3 ish kuni ichida ko’rib chiqiladi.

Oxirgi yillarda yuridik shaxslar kabi jismoniy shaxslarga ham soliq solishning sezilarli kamayishi kuzatilmoqda. Asosan, 1992 yildan jismoniy shaxslarga solinadigan soliq 5 martagacha kamaytirildi va xozirgi kunda 8% ni tashkil qiladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari uchun soliq solish va kredit berish borasida bir qancha imtiyozlar va preferensiyalar berilmoqda. 1996-2014 yil statistikasiga ko’ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun soliq solinmalari 38% dan 5ga ya’ni 7 marta kamaytirlgan. O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga muvofiq mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq solishning eng oddiy formasini tanlashlari mumkin Yagona soliq to’lovi stavkasi 2013 yil xisobiga ko’ra 5% tashkil qiladi.

Qulay soliq imtiyozlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Navoiy tumanidagi Erkin industrial iqtisodiy zonalarda o’zining ishlab chiqaruvchilik faoliyatini olib boruvchi korxonalar va ularning ishtirokchilari sifatida ro’yhatdan o’tganlar uchun yaratilgan va respublikamiz hududida mavjud bo’lgan barcha amaldagi soliq va bojxona to’lovlaridan ozod qilinganlar bu esa o’z o’rnida Navoiy viloyatidagi Erkin iqtisodiy zonani butun dunyodagi eng e’tiborli va liberal zonalar qatorida bo’lishini ta’minlaydi.

Hukumat tomonidan investitsion iqlim borasida ko’rilgan chora-tadbirlar mamlakatimizning jalb qiluvchi iqtisodiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarning hajmini ma’lum darajada oshirdi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiga 120 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etildi, ulardan 60 milliard dollardan ko’prog’i –xorijiy investorlarga tegishlidir.

2013 yilda umumiy sarmoya 3,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. 2,3 miliard AQSH dollari hajmidagi to’g’ri xorijiy samoya ham shu jumladan. Shuningdek, 2013 yil sarhisobiga ko’ra mintaqaviy sarmoya dasturi doirasida 720, 3 million AQSH dollariga teng mablag’ jalb etilgan.

Boy mineral-xom-ashyo bazasi va energetika mustaqilligi

O’zbekiston — bu oltin, uran, mis, kumush, sink, volfram, noyob metallar, tabiiy gaz, ko’mir va boshqa qazilma zahiralarga to’la mamlakatlardan biridir. Bu mamlakat, bir necha yillarga o’zining energiya zahirasini to’plab qo’ygan mamlakatdir.

Xom- ashyo tashishga va materialga bo’lgan sarf-xarajatni sezilarli kamayishi orqali keng xom-ashyo nomenklaturasiga bo’lgan imkoniyat maksimal darajada o’zining ishlab chiqarayotgan mahsulotining tan narxini oqlaydi, yuqori qo’shilgan qiymati va 50% dan yuqori lokalizasiya darajasi bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning chuqur qayta ishlanishini imkoniyatini beradi.

O’zbekistonda 1644 dan ortiq kon va foydali qazilmalar aniqlangan, mamlakatning umumiy mineral –xom-ashyo potensiali 11 trillion dollarni tashkil etadi.

Juda ko’p pozisiyalar bo’yicha shu jumladan ruda bo’lmagan va foydali qazilma boyliklar, qishloq xo’jaligi xom-ashyosi bilan O’zbekiston jahonda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Aynan, mis zahirasi bo’yicha-11 o’rin, oltin ishlab chiqarish hajmi bo’yicha -7 o’rinda, uran-7 chi, paxta tolasi-5 chi o’rinlarni egallaydi.

Juda ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan energiya ochligi sharoitida, yurtimizning unchalik ko’p bo’lmagan mamlakatlar qatorida iqtisodiyoti energiya mustaqilligini xarakterlaydigan davlatlardan biri ekanligi O’zbekistonning eng muhim ustunlik jihatlaridandir.

O’zbekiston Respublikasi gaz, ko’mir va uran zahirasi mavjud mamlakatlarning o’ntaligiga kiradi shuningdek, bu zahiralarning eksportyori hisoblanadi. O’zbekistonning birgalikdagi energiya saqlovchi zahirasi minimum 100 yillik iqtisodiy extiyojni yopishga yetarlidir.

O’zbekistonda ishlab chiqariladigan elektr energiya respublikaning o’sayotgan extiyojlarini to’liq yopadi va narxi jihatidan boshqa sanoat iste’molchilari va rivojlanayotgan mamlakatlar to’laydigan o’rta narxdan 4 marta pastroqdir.

Qo’shimcha imkoniyatlar alternativ energiya manbalariga cheklanmagan potensial yaratadi, quyosh, shamol, qayta ishlangan qattiq maishiy chiqindilardan olinadigan energiyalar shular jumlasidan va bu har yili 51 milliard tonna neft ekvevalentidan ortiqroq energiyani generatsiya qilishiga imkoniyat yaratadi.

Foydali geografik joylashuv

O’zbekiston – bu, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratuvchi, mintaqaviy va transmilliy loyihalarda transport koridorlarini rivojlantirishda ishtirok etuvchi Markaziy Osiyoning chorrahasidir, MDH mamlakatlari bilan erkin savdo zonasidir.

O’zbekistonning Yevroosiyo multimodal kommunikatsiya tizimiga birlashishi transport infratuzilmasini rivojlanganligi va savdo bozoriga juda yaqinligi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy istiqbollarini oldindan belgilab beradi. Xorijiy kompaniyalar O’zbekistonga o’z sarmoyalarini kirita turib 5 ta katta va doimiy o’sayotgan bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo’ladilar- bu 300 milliondan ortiq odamli bozori mavjud MDH, Markaziy va Sharqiy Evropa, Janubiy-Shimoli-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlaridir.

Yuqorida sanab o’tilgan mintaqalarning barcha savdo marshurutlar kesishgan joyida Respublikamizning qulay geografik joylashganligi, rivojlangan multimodal tarmog’i, Markaziy Osiyodan ancha uzoqda jolashgan bozorlardan ayniqsa, Yaqin Sharqning sharqiy qismi, Hindistonning shimoliy qismi va Xitoyning g’arbiy qismlaridan yuklarni vaqtni tejagan holda o’z vaqtida, kechiktirmay yetkazishda O’zbekiston alohida o’rin egallaydi va bu mamlakatlar orasida yurtimizning raqobatbardoshligini naqadar ustun ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Bugun O’zbekiston Respublikasida tranzit potensialini oshirish va kelajakda uni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. Mamlakatimiz ichida yangi temir yo’llar va avtomobil magistrallari qurish ishlari amalga oshirilmoqda, asosiy tranzit temir yo’llar liniyasi va xalqaro miqyosdagi avto yo’llar qayta ta’mirlanmoqda, xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilinmoqda, maxsus xalqaro transport terminallari yaratilmoqda shuningdek, kerak bo’lgan huquqiy-normativ baza ishlab chiqlmoqda.

45 ta mamlakat bilan shu jumladan, Yaponiya, Xitoy, Korea, AQSh, Yevro Ittifoqi mamlakatlari va Erkin Savdo Zonalari, MDH davlatlari o’rtasida o’rnatilgan o’zaro qulaylik rejimi yaratish borasidagi Kelishuv tashqi bozorda, O’zbekiston tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ma’lum ma’noda oshiradi.

Xodimlar va intellektual salohiyat

Aholining 100% savodxonligi, kadrlarning muhum intelektual potensiali, xalqaro standartlarga javob beruvchi ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy dasturining takrorlanmas mazmun-mohiyati uzluksiz ta’lim tizimini yo’qlaydi va umumiy ta’lim hamda professional tayyorgarlikni doimiy chuqurlashtirilishi va yangilanishini talab qiladi.

O’zbekistonda 65 ta yuqori o’quv dargohi, 139 ta akademik litsey, 850 ta yo’nalish va kasb bo’yicha 300 ming talaba ta’lim olayotgan 1368 ta kasb-hunar kolledjlari mavjud. Ayniqsa, O’zbekistonda Xalqaro Vestminstr Universiteti, Singapur menedjment va rivojlanish instituti, Moskva Davlat Universiteti, Gubkin nomidagi neft-gaz instituti, Turin politexnika universiteti va boshqa yevropa, osiyo, Koreya va Rossiya kabi davlatlarning yetakchi OTDlari filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. Shu yilning 24 martida Inxa Universiteti filialini mamlakatizmizda ochish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.

Yashash uchun eng yaxshi joy

O’zbekiston – bu tabiiy iqlim, bahavo tabiat, mehmondo’stlik, ko’pmadaniyatlilik, turizm va rekreasiya uchun (mehmonxona, xalqaro talabdagi aeroport) infratuzilmadir.

O’zbekistonga- Turizm sohasidagi yuqori potensiali bilan o’zining mehmonlarini qoyil qoldirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Buyuk ajdodlarimiz bu ro’yi zaminga Buyuk ipak yo’lini meros qoldirganlar.

O’zbekiston- buyuk shaxarlarida har hil asrdagi 100 dan ortiq arxitektura majmualari bor mamlakatdir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Termiz, Qo’qon butun dunyoga mashxur shaxarlardir. Bu shaxarlar Rim, Vavilon kabi shaxarlarning tengdoshlaridir shuningdek, bu shaxarlar yirik madaniyat va ilm markazlari bo’lgan. Bu joylarda o’sha vaqtning eng bilimli va qo’li mohir insonlarining mehnatlari uchrashgan. O’tgan asr mashxur me’morlari tomonidan yaratilgan ajoyib qasr, minora, machit, mavzoleylar go’zalligidan butun dunyo lol bo’lgan. Bu tarixiy arxitektura na’munalari Aleksandr Makendonskiy va Chingizxon bosqinchiligi davridayoq butun dunyoga mashhur edi.

Mamlakatimiz mehmonlari yurtimizga tashrif buyurib, vatanimizning mashxur davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur, gullab yotgan oazis orqali o’tib esa Oltin vodiyda butun umr o’chmas chiqroq bo’lmish qadimiy qal’a, minoralar va boshqa joylar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu birinchi o’rinda mehmonlarga bizning mamlakatimizdagi har bir burchagida yashrinib yotgan tarix ichra sho’ng’ishlariga va ushbu tarixiy obidalarning yangilangan qiyofasini ko’rish, dunyo sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasini baholash imkoniyatini beradi. Albatta, mamlakatimizga sayohatni shubhasiz uzoq esda qoladigan, o’zbek milliy oshxonasisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

O’zbekiston tabiyati turli xil. Bu yerda Siz qoyali tog’lar va issiq sahro, suvga to’la daryolarni topishingiz mumkin.O’zbekistonning juda ko’pgina qismi Turon tekisliklarida joylashgan va u yerlar keskin yuqori kontrastlar bilan farqlanmaydi. Paleozoy tog’ shakllanishi natijasida Turon plitasi shakllangan. U uzoq vaqt davomida dengiz bilan qoplangan edi. Tog’ tizmalari esa alp tog’ shaklanishi fazasida oxirigacha o’zgargan- bu tog’ xozir Tyan-Shan va Pomir- Oloy nomlari bilan aytiladi.

Yurtimizda landshaftni shartli ravishda 3 qismga bo’lish mumkin; sharq, janubiy-sharqdagi tog’ va tog’ orqa, g’arbdagi yarim sahro va sahro, janubi-g’arb va shimoliy-g’arbdagi tekisliklar, u yerdan Ustyurt toshli sahro yassi tog’i, Amidaryo past tekisligi, Qizilqum baland to’g’i qumlari alohida ajralib turadi. Qizilqum qumlarining shimoliy-g’arbiy qismi Bukantau tog’ tizmalariga qo’shilib ketgan, undan janubga – suv oqmaydigan Minbuloq cho’nqirligi joy olgan bo’lib, u yerda respublikamizning eng chuqur nuqtasi – 12 metr dengizdan past qismi joylashgandir.

O’zbekistonning flora va faunasi ham o’ziga yarasha takrorlanmasdir. Flora dunyosini yaxshi ko’ruvchilar uchun G’arbiy Tyan Shan tog’ tizmasidagi har xil flora dunyosi eng qizziq joylardan bittasi bo’ladi. Bu yerda Turon sahrosi florasidan toki Pomir-Oloy yuqori tog’ florasigacha bo’lgan 2000 dan kam bo’lmagan o’simlik turi o’sadi. Ulardan ko’pchiligi urug’li osimlik hisoblanadi- 2150 xili.

O’zbekistonning yovvoyi tabiatidagi hayvonot dunyosi G’arbiy Tyan Shan qismiga tegishli va 280 dan ortiq hayvonlar xillarini o’z ichiga oladi, ulardan

-Sut emizuvchilar- 44 turi;

- qushlar- 200 dan ortiq turi;

- reptiliya- 16

- amfibiya- 2 turi

- baliqlar- 20 turi mavjud.

O’zbekiston markazidan 20 minutlik yo’l bo’lgan joyda, MDH davlatlarida birinchi bo’lgan jahon standartiga to’la javob beruvchi golf-klubi mavjud, u yerda ham juda ajoyib iqlim, tozza havo, ajoyib ko’rinish, tabiiy tabiat landshafti mavjud – xolmli tekisliklar, maydon, bir biriga kesishib ketgan daraxtlar, daryo va o’simliklar bahri dilni ochadi.

Bu yerdagi golf maydonchasi o’zining 7015 yard uzunligi bilan tajribali o’yinchilarni o’yinga chorlaydi, yangi o’yinchilarga esa o’zlarining san’atlarini charxlashlariga imkoniyat beradi.

Rassomlik san’atiga yo’g’irilgan daryolar, atrofidagi dalalar, har bir 18 yo’lakchaga o’zgacha chiroy bag’sh etadi. Daryo va sharsharalar orasida dala, Markaziy Osiyo tekisliklaridagi oazis atmosferasini yaratgandek bo’ladi go’yo.

Muxtasham tarixiy va madaniy meroslar, O’zbekistondagi boshqa joyda takrorlanmas iqlim mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishga katta imkon beradi.

Bundan tashqari, yurtimizda mavjud rekreatsion resurslar mehmonlarni yil bo’yi qabul qilish imkonini beradi. O’zbekiston madaniy, faol xordiq chiqarishga ishqiboz bo’lgan mehmonlarga ham ekstemal xolatlarni yoqtiruvchilarga ham keng xizmat ko’rsata oladi. Bugun yurtimizda ekologik, tog’, davolash-sog’lomlashtiruvchi, folklyor-etnografik, tarixiy-arxitektura, diniy ziyoratgohlar va boshqa xil turizm xizmatlari keng rivojlanmoqda.