Vazirlik

Vazirlikning funksiya va vazifalari

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Tashqi iqtisodiy faoliyat soxasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini, eksportni rag'batlantirishni, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo aloqalarini kengaytirishva mustaxkamlashni ta'minlash;

Tovarlar (sarmoyalar, xizmatlar) jaxon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tashqi va ichki sotish bozorlarining istiqbolliligi va samaradorligini xisobga olgan xolda ularning xolati va rivojlantirish istiqbollarini chuqurtahlilqilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlar o'rnatilishiga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalgaoshirish;

Iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga ko'maklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining huquq va manfaatlarini ta'minlash;

O'zbekistan Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa xalqaro huquq sub'ektlari bilan o'zaro foyda ko'rish asosida savdo- iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta'minlash;

Qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga ko'maklashish, investitsiya loyixalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, xorijiy investorlarni zarur axborotlar bilan qo'llab-quvvatlash.

Vazirlik o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi;

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini, eksportni rag'batlantirishni, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashni ta'minlash sohasida:

Davlat boshkaruv organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

O'zbekistan Respublikasini tashqi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqishda, tashqi savdo, valyuta balansining asosiy indikatorlari parametrlarini shakllantirishda hamda mamlakatning valyuta, bojxona-tarif va soliq siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;

Teng sheriklik va kamsitmaslik printsiplariga asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkin va teng hukukli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda qatnashadi;

Tovarlar, shu jumladan qishloq xo'jaligi maxsulotlari, to'qimachilik tovarlari, fuqaro aviatexnikasi bilan xalqaro savdo qilish, xizmatlar ko'rsatish, intellektual mulk ob'ektlari bilan xalkaro savdo qilish, davlat haridlarini, yuklab junatishdan oldingi inspektsiyani amalga oshirish, tashki savdoda sanitariya, fitosanitariya va texnik chora-tadbirlarning qo'llanishi soxasida davlat siyosati o'tkazilishi bilan bog'liq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

Tizimli tahlilni amalga oshiradi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda investitsiya muhitini yaxshilashga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalar jalb etishni faollashtirishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlarni ishlab chiqadi;