Yangiliklar

O'zbekiston yangiliklar

16.01.2017 | 13:19 Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi Hurmatli majlis ishtirokchilari!  Mana, 2016-yil yakuniga yetdi.  Bu yil O‘zbekiston va uning xalqi uchun ko‘p jihatdan murakkab yil bo‘ldi. Oxirgi besh oyda yuz bergan voqealar buni yaqqol tasdiqlab turibdi.  Yurtimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi va O‘zbekiston Konstitutsiyasining 24-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davlatimiz tizimi mustahkamligini, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari, jamiyatimiz va xalqimizning jipsligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etdi.  Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz.  Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi. 
16.01.2017 | 13:14 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot
2017-yil 14-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017-yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.  Majlis ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, hukumat a’zolari, xo‘jalik birlashmalari, jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyat, shahar va tuman hokimlari qatnashdilar. Birinchi bor viloyat, shahar va tumanlar markazlarida tashkil etilgan studiyalar bilan videokonferensiya aloqasi orqali hukumat majlisida mahalliy hokimiyat, vazirlik, idoralar hududiy bo‘linmalari, korxonalarning rahbar xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.  Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi. 

Vazirlik yangiliklari

12.01.2017 | 15:13 Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi rahbari bilan bo'lib o'tgan uchrashuv to'g'risida
Joriy yilning 12 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik missiyasi rahbari Eduard Stiprais bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
09.01.2017 | 17:40 Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan bo’lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
 Joriy yilning 9 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xekmet Karzay boshchiligidagi Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 

TIF yangiliklari

Ma`lumot mavjud emas

Nashrlar

Ma`lumot mavjud emas

Tenderlar

Mudatga qadar:   31 dekabr 2016
Buyurtmalar:   0
qarab chiqishlar:   93