Davlat boshqaruv organlari vakillarining navbatdagi “haftalik kollegial seminari”
16 sentyabr 2016 y. 12:49
2016 yil 15 sentyabr kuni “Elektron hukumat” markazida davlat boshqaruvi organlarining AKT bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari uchun mo‘ljallangan navbatdagi “haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.
прооон1.jpg
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” loyihasi rahbari B.Avliyoqulov ishtirok etdi va “O‘zbekistonda elektron davlat xizmatlarini joriy etishdagi dolzarb masalalar” mavzusi haqida ma’ruza qildi.
проон2.jpg
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining vakili U.Samiyev qo‘mitada AKT joriy qilish va rivojlantirish holati hamda istiqbollari haqida taqdimot qildi.
Tadbir so‘ngida oldinda turgan vazifalar aniqlab olindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi
.
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazining matbuot markazi


Davlat organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar”

08 iyul 2016 y. 09:23

2016 yil 7 iyul kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimiyati huzuridagi “Yagona darcha” markazida davlat organlari vakillari uchun “Yagonadarcha” markazlarining tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan ustuvor interaktiv davlat xizmatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar” mavzuidagi navbatdagi haftalik seminar bo‘lib o‘tdi.
ед окно1.jpg
Seminar “Elektron hukumat” markazi tomonidan Toshkent shahar hokimiyati va Yunusobod tumani hokimiyati huzuridagi “Yagona darcha” markazihamkorligida tashkil etildi.
Seminarda “Yagona darcha” markazi faoliyati va tamoyillari, funksiya va vazifalari hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarjarayonlari va boshqa masalalar muhokama qilindi.

ед окно2.jpg

Bundan tashqariYagona darchamarkazlarining bugungi kundagi mavjud kamchiliklari korib chiqilib, ular faoliyatini takomillashtirish va kelgusida rivojlantirish boyicha takliflar taqdim etildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimiyati huzuridagiYagona darchamarkazining tuzilishi va faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
.

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazining matbuot markazi