Vazirliklar yangiliklari

Davrda.davrdan...:   Select date in calendar   gacha:   Select date in calendar    
29.03.2017 | 15:34 Latviyaning Qishloq xo’jaligi vaziri bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
Joriy yilning 29 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Latviyaning Qishloq xo’jaligi vaziri Yanis Duklavs bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
24.03.2017 | 12:37 Navbatdagi kichik qo`mita yig`ilishi
Joriy yilning 24 mart kuni Toshkentda O`zbekiston-Xitoy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`mitasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha kichik qo`mitasi 5-yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda Xitoy Xalq Respublikasi savdo vaziri o`rinbosari Fan Aytsin va O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.Ganiyevlar raislik qildilar.  Tadbirda tomonlar 4- kichik qo`mita yig`ilishi yakuniga ko`ra erishilgan natijalarni shuningdek, ikki yoqlama o`zaro manfaatli bo`lgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya-texnkaviy, va transport-kommunikatsiya sohalarida ikki mamlakat o`rtasida hamkorlik loyihalarini jadal rivojlantirishni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.
23.02.2017 | 12:13 O`zbekiston-Qozog`ston Hukumatlararo komissiya yig`ilishi
 Joriy yilning 23 -fevral kuni O`zbekiston Respublikasiga Qozog`iston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari A.Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida poytaxtimizdagi biznes markazda ikki yoqlama hamkorlik bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Qozog`ston Respublikasi o`rtasida qo`shma 16- Hukumatlararo komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi.   Yig`ilish chog`ida tomonlar Komissiyaning 15-yig`ilishi doirasida qabul qilingan qarorlar ijrosi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, shartnomaviy-huquqiy asosni istiqbolda kengaytirish shuningdek, bojhona, neftegaz, madaniy-gumanitar, atrof -muhit muhofazasi va boshqa masalalar yuzasidan fikrlar almashdilar va muhokama qildilar.
17.02.2017 | 14:51 O`zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiya yig`ilishida
 Joriy yilning 15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi o`rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiya ikki mamlakat o`rtasida iqtisodiy hamkorlik bo`yicha 18- Hukumatlararo komissiya yig`ilishiga ishtirok etish uchun O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.  Yig`ilish chog`ida tomonlar 25 mart 2016 yil Moskva shahrida bo`lib o`tgan 17- komissiya yig`ilishi yakuni bo`yicha imzolangan bayonnoma qarorini bajarilishi yuzasidan tegishli masalalarni shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari shuningdek, transport, ilmiy-texnikaviy, atrof muhitni himoya qilish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
15.02.2017 | 11:57 Koreya tekstil sanoati federatsiyasi (KOFOTI) va Koreya sanoati texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi vakillari bilan bo’lgan uchrashuv to’g’risida
  15 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, invistitsiyalar va savdo vazirligida Koreya tekstil sanoati federatsiyasi (KOFOTI) va Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.   Uchrashuv davomida xorijiy davlat vakillariga chet ellik investorlar uchun tekstil sanoati sohasida va Respublikamizning erkin iqrisodiy zonalarida yaratilgan imkoniyatlar, beriladigan imtiyoz va pereferensiyalar haqida to’liq ma’lumot berildi. 
13.02.2017 | 17:18 Singapur elchisi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
13 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Singapurning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Zulfikli bin Baxaruddin bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi o’zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha ko’rib chiqildi.
09.02.2017 | 16:24 Chexiya Respublikasi deputatlar palatasi raisi Y.Gamachek bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 9 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Chexiya Respublikasi deputatlar palatasi raisi Yan Gamachek bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
06.02.2017 | 15:18 YRRB delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 6 fevral kuni TIAISVda Yevropa rekonstruktsiya va rivojlanish bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo`yicha boshqaruv direktori N.Xanjikova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv chog`ida ikki yoqlama investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.
01.02.2017 | 16:33 Navbatdagi O`zbekiston-Amerika savdo palatasining yig`ilishi
1 fevral kuni Toshkent shahrida navbatdagi Amerika-O`zbekiston savdo palatasining (AO`SP) yig`ilishi bo`lib o`tdi. Tadbirda amerikaning 30 dan ortiq “Djeneral Motors”, “Kameko”, “Xonevell”, “Djeneral Elektik”, “Keys Nyu Xolland”, “Katerpillar”, “Djon Dir”, “Koka-Kola” kabi yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etishdi.  Tadbir davomida O`zbekiston va Amerika kompaniyalarining mashinasozlik, avtomobilsozlik, farmatsevtika, neftegaz va neftkimyo, kimyo sanoati, elektron va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, ta’lim va boshqa sohalarda ikki yoqlama hamkorlik istiqbollariga bag`ishlangan prezentatsiyalar taqdim etildi. 
12.01.2017 | 15:13 Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi rahbari bilan bo'lib o'tgan uchrashuv to'g'risida
Joriy yilning 12 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik missiyasi rahbari Eduard Stiprais bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
09.01.2017 | 17:40 Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan bo’lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
 Joriy yilning 9 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xekmet Karzay boshchiligidagi Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 
05.01.2017 | 17:51 Turkiya Respublikasi delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
  Joriy yilning 5 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bilan hamkorlik bo`yicha Bosh boshqarmasi boshlig`i Sh.V.Altay boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 
26.12.2016 | 14:54 O'zbekiston-Afg'oniston Hukumatlararo Komissiyasining ikkinchi yig'ilishi
  2016 yil 26 dekabrda Toshkent shahrida O’zbekiston Republikasi va Afg’oniston Islom Republikasi o’rtasida savdo, transport va energetika bo’yicha komissiyasining ikkinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.Ganiyev va AIR Prezidenti katta maslahatchisi X.Qayumiy raisligi ostida o’tkazildi.   Qo’shma komissiya yig’ilishda ikki mamlakatning bir qator vazirlik, idoralar va xo’jalik birlashmalari vakillari hususan, Afg’oniston tomonidan asosan qishloq xo’jaligi, irrigatsiya va chorvachilik, jamoatchilik ishlari, transport va fuqarolik aviatsiyasi, savdo va sanoat, sog’likni saqlash vazirliklari vakillari tashkil etdi.
20.12.2016 | 17:25 Italiyaning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi A.Bertotssi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
 20 dekabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Italiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Andrea Bertotssi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 
16.12.2016 | 13:59 «Kommunarka» qandolat fabrikasi bosh direktori I.Danchenko bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
2016 yilning 16 dekabrda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Belorussiyaning “Kommunarka” qandolat fabrikasi bosh direktori I.Danchenko bilan uchrashuv bo’ib o’tdi.
16.12.2016 | 10:08 Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari A.Dunkan bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
16 dekabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Alan Dunkan bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 
26.10.2016 | 17:18 Vazilikning navbatdagi Hay'at yig'ilishi
29 oktabr 2016 yil Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilangan «Joriy yilning o’tgan 9 oyi mobaynida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va 2016 yilga iqtisodiy dasturning ustuvor va muhim yo’nalishlarini so’zsiz bajarish natijalari” dan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatining 2016 yil 9 oyi yakunlari va 2016 yil oxrigacha faoliyatining istiqbolli yo’nalishlariga bag'ishlangan navbatdagi Hay'at yig'ilishi bo’lib o’tadi. 
23.10.2016 | 11:17 X-Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi
24-31 oktabr kunlari Toshkent shahrida X-Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo’lib o’tadi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 12.11.2007 yildagi PF-3937-sonli “Tarmoqlararo va tarmoqichi sanoat kooperatsiyalarini istiqbolda rivojlantirish chora-tadbirlari tog’risida”gi Farmoniga muvofiq keyinchalik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi maqomini egallagan Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi tashkil etilgan.
07.10.2016 | 15:20 Vazirlikda sayyor- kitob yarmarkasi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 7 oktabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligda “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi tomonidan tashkillashtirilgan sayyor kitob savdo-yarmarkasi bo’lib o’tdi.
28.09.2016 | 12:03 O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasidagi Hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik qo’mitasining 8-yigilishi
2016 yil 28 sentyabrda Seul shahridagi O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasidagi Hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik qo’mitasining 8-yigilishi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnik va sanoat-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishni, ikki mamlakat korxonalari o'rtasida biznes hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatga koreya sarmoyasi oqimini rag'batlantirish, shuningdek O'zbekistonda Koreya kompaniyalari faoliyatini qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshida «Korea Desk» sektori (“Yagona darcha” tamoyili asosida) tashkil etildi.