Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan bo’lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Nashr uchun 09.01.2017 y. | 17:40 Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan bo’lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
 Joriy yilning 9 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xekmet Karzay boshchiligidagi Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 
 Uchrashuv chog`ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari va joriy holati, transport, tranzit, energetika shuningdek, o`zbekistonlik mutaxassislarning Afg`oniston infratuzilmasini rivojlantirish va iqtisodiyotini tiklashdagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.
 Tomonlar 2016 yil 26 dekabrda Toshkent shahrida bo`lib o`tgan savdo, transport va energetika bo`yicha komissiyasining ikkinchi yig`ilishini yuqori baholadilar.


© mfer.uz, 2017