Italiyaning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi A.Bertotssi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida

Nashr uchun 20.12.2016 y. | 17:25 Italiyaning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi A.Bertotssi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
 20 dekabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Italiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Andrea Bertotssi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 
 Uchrashuv chog’ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari shuningdek, 2017 yil 21 fevralda Rim shahrida o’tkazilishi ko’zda tutilgan savdo, iqtisod va sanoat masalalari bo’yicha Hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhining navbatdagi yig’ilishini o’tkazish masalalari muhokama qilindi.