«Kommunarka» qandolat fabrikasi bosh direktori I.Danchenko bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida

Nashr uchun 16.12.2016 y. | 13:59 «Kommunarka» qandolat fabrikasi bosh direktori I.Danchenko bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
   2016 yilning 16 dekabrda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Belorussiyaning “Kommunarka” qandolat fabrikasi bosh direktori I.Danchenko bilan uchrashuv bo’ib o’tdi.
Uchrashuv chog’ida O’zbekiston Respublikasida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish (shokolad mahsulotlari) borasida qo’shma korxona tashkil qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
    “Kommunarka” fabrikasi Belorussiya Respublikasidagi “Belgospisheprom” oziq-ovqat sanoati Belarussiya davlat konsterni tarkibiga kiruvchi qandolat ishlab chiqaradigan katta fabrikalardan biridir.
Har yili korxonada 25 ming tonnagacha 200dan ortiq nomdagi qandolat mahsulotlari, shokolad, karamel va drajelar ishlab chiqariladi.


© mfer.uz, 2017