Koreya tekstil sanoati federatsiyasi (KOFOTI) va Koreya sanoati texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi vakillari bilan bo’lgan uchrashuv to’g’risida

Nashr uchun 15.02.2017 y. | 11:57 Koreya tekstil sanoati federatsiyasi (KOFOTI) va Koreya sanoati texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi vakillari bilan bo’lgan uchrashuv to’g’risida
 15 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, invistitsiyalar va savdo vazirligida Koreya tekstil sanoati federatsiyasi (KOFOTI) va Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 
 Uchrashuv davomida xorijiy davlat vakillariga chet ellik investorlar uchun tekstil sanoati sohasida va Respublikamizning erkin iqrisodiy zonalarida yaratilgan imkoniyatlar, beriladigan imtiyoz va pereferensiyalar haqida to’liq ma’lumot berildi. 
 Shuningdek, uchrashuv davomida tekstil sanoati sohasida istiqboldagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy mamlakat bozorlariga tekstil maxsulotlarini eksport qilish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishi haqidagi muhim savollar o’z yechimini topdi.
 Uchrashuv so’ngida Koreya tomoniga “O’zbekyengilsanoat” AJ bilan hamkorlikda tekstil sohasini rivojlantirish uchun taxliliy axborotlarni tayyorlashda amaliy yordam ko’rsatilishiga kelishib olindi.