Latviyaning Qishloq xo’jaligi vaziri bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida

Nashr uchun 29.03.2017 y. | 15:34 Latviyaning Qishloq xo’jaligi vaziri bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
Joriy yilning 29 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Latviyaning Qishloq xo’jaligi vaziri Yanis Duklavs bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, shu jumladan ikki tomonlama tovar aylanma hajmini, transport va transit sohasida hamkorlikni yanada ko’paytirish bo’yicha takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, qishloq xo’jaligi sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotini Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga yetkazib berishni ko’paytirish, O’zbekiston Respublikasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko’rib chiqildi.