Navbatdagi kichik qo`mita yig`ilishi

Nashr uchun 24.03.2017 y. | 12:37 Navbatdagi kichik qo`mita yig`ilishi
Joriy yilning 24 mart kuni Toshkentda O`zbekiston-Xitoy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`mitasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha kichik qo`mitasi 5-yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda Xitoy Xalq Respublikasi savdo vaziri o`rinbosari Fan Aytsin va O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.Ganiyevlar raislik qildilar. 
Tadbirda tomonlar 4- kichik qo`mita yig`ilishi yakuniga ko`ra erishilgan natijalarni shuningdek, ikki yoqlama o`zaro manfaatli bo`lgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya-texnkaviy, va transport-kommunikatsiya sohalarida ikki mamlakat o`rtasida hamkorlik loyihalarini jadal rivojlantirishni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.
Shu jumladan O`bekiston va XXR o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik bosqichma bosqich rivojlanib borayotganiga alohida to`xtalib o`tildi.
Oz`ining chiqish so`zida delegatsiya rahbari F.Aytsin iqtisodning turli sohalarida hamkorlik olib borishda katta imkoniyatlarning borligini alohida qayd etdi va O`zbekistonda sohalarni diversifikatsiya va sanoatni modernizatsiya qilishga qaratilgan olib borilayotgan iqtisodiy o`zgarishlarga yuqori baho berdi.
Eslatib o`tamiz bugungi kungacha kichik qo`mitaning 4 ta yig`ilishi bo`lib o`tgan, oxirgi 4- kichik qo`mita yig`ilishi 2015 yil 8 aprelda Pekin shahrida bo`lib o`tgan.
Bundan tashqari joriy yilning 23 mart kuni Xitoy delegatsiyasining O`zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Xitoy savo palatasi vitse- prezidenti boshchiligidagi XXR ishbilarmon doira vakillari mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari eksporti va importi bo`yicha respublikaning tegishli vazirlik, idoralar va xo`jalik sub`ektlari bilan uchrashdilar.
XXR delegatsiyasi tarkibidan xitoyning “CNTIC”, “Powerchina International Group Limited”, “CAMC” Xitoy injenerlik korporatsiyasi, “Shanghai electric”, “China National Machinery Import & Export Corporation”, “Gechjouba”, “Xitoy fuqarolik injener-qurilish korporatsiyasi” kabi va boshqa yetakchi kompaniya rahbarlari va vakillari joy egalladilar.
Aytib o`tish joiz XXR O`zbekistoning eng muhim savdo sheriklaridan biridir. 2016 yil ikki mamlakat o`rtasidagi tovaraylanmasi 4,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi hududida 704 ta Xitoy kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritadi ulardan 88 tasi 100% xitoy sarmoyasi asosida shuningdek, mamlakatimiz hududida XXRning 73 ta kompaniya vakolatxonalari o`z faoliyatini olib boradi.
  
TIAISV Matbuot xizmati