Navbatdagi O`zbekiston-Amerika savdo palatasining yig`ilishi

Nashr uchun 01.02.2017 y. | 16:33 Navbatdagi O`zbekiston-Amerika savdo palatasining yig`ilishi
  1 fevral kuni Toshkent shahrida navbatdagi Amerika-O`zbekiston savdo palatasining (AO`SP) yig`ilishi bo`lib o`tdi. Tadbirda amerikaning 30 dan ortiq “Djeneral Motors”, “Kameko”, “Xonevell”, “Djeneral Elektik”, “Keys Nyu Xolland”, “Katerpillar”, “Djon Dir”, “Koka-Kola” kabi yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etishdi. 
 Tadbir davomida O`zbekiston va Amerika kompaniyalarining mashinasozlik, avtomobilsozlik, farmatsevtika, neftegaz va neftkimyo, kimyo sanoati, elektron va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, ta’lim va boshqa sohalarda ikki yoqlama hamkorlik istiqbollariga bag`ishlangan prezentatsiyalar taqdim etildi. 
AQSH va O`zbekiston yetakchi kompaniyalari o`rtasida o`zaromanfaatli bo`lgan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy va investitsiyaviy yo’nalishlarining joriy holati va istiqbollari, ichki va tashqi bozorlarda talabgor bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqaradigan qo`shma korxonalar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
 AO`SP yig`ilishi chog`ida amerika kompaniyalari uchrashuv mehmonlarini O`zbekistonda biznes yuritish borasidagi ijobiy tajriba va mamlakatdagi yangi qulay investitsiyaviy iqlim bilan tanishtirildilar.
  O`zining chiqish so`zida Kerolin Lemm Amerika O`zbekistonni mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri sifatida ko`rishini va keljakda yanayam samarali hamkorlikni kengaytirishga ishonch bildirdi. Respulikada ta’sirli darajada o`zgarayotgan iqtisodiy o`sish sur`atini alohida qayd eta turib Kerolin Lemm, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan sohalarni diversifikatsiya va sanoatni modernizatsiya qilishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi.
  Eslatib o`tamiz oxirgi AO`SPning yig`ilishi 2015 yil 19-20 oktabr kunlari Vashington shahrida bo`lib o`tgan edi.
O’zbekiston Respublikasi va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida bir qancha Hukumatlararo va Idoralararo kelishuvlar imzolangan. “Investitsiya kiritishga yordam ko’rsatish to’g’risida”gi, “Savo aloqalari to’g’risida”gi, “Havo qatnovi to’g’risida”gi, “Ta’lim va til o’rganish sohasida Amerika kengashi bilan hamkorlik qilish tog’risida”gi va boshqa kelishuvlar shular jumlasidandir.
1994 yilda AQSh Kongressi tomonidan O’zbekistonga bosh tizimlar preferensiyasi benefitsari statusi berilgan (GSP).
  2016 yil sarhisobiga ko’ra ikki tomonlama tovar aylanmasi 453,8 million dollarni, tashkil qildi. Undan 44,4 million dollar eksport, 409,4 million dollar import. Bugunda O’zbekistonda AQSh kompaniyalari ishtirokida 164 ta korxona o’z faoliyatini olib boradi, ulardan 122 tasi QK va 42 tasi 100% xorijiy sarmoya hisobidan o’z faoliyatini yuritadi. 
  O’zbekiston Respublikasi TIAISVda Amerika kompaniyasining 29 ta vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.
 Ushbu korxonalarning asosiy faoliyat yo`nalishi avtomobilqurilish, neftekimyo, tekstil, oziq-ovqat, mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqalardan iborat. 

TIAISV Matbuot xizmati