O'zbekiston-Afg'oniston Hukumatlararo Komissiyasining ikkinchi yig'ilishi

Nashr uchun 26.12.2016 y. | 14:54 O'zbekiston-Afg'oniston Hukumatlararo Komissiyasining ikkinchi yig'ilishi
  2016 yil 26 dekabrda Toshkent shahrida O’zbekiston Republikasi va Afg’oniston Islom Republikasi o’rtasida savdo, transport va energetika bo’yicha komissiyasining ikkinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.Ganiyev va AIR Prezidenti katta maslahatchisi X.Qayumiy raisligi ostida o’tkazildi.
  Qo’shma komissiya yig’ilishda ikki mamlakatning bir qator vazirlik, idoralar va xo’jalik birlashmalari vakillari hususan, Afg’oniston tomonidan asosan qishloq xo’jaligi, irrigatsiya va chorvachilik, jamoatchilik ishlari, transport va fuqarolik aviatsiyasi, savdo va sanoat, sog’likni saqlash vazirliklari vakillari tashkil etdi.
  Komissiya yig’ilishi davomida ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy salohiyat shuningdek, o’zaro savdo va mintaqaviy transport va tranzit aloqalari sohalarida hamkorlikni rivojlantirish borasida keng fikr almashindi.
 O’zining chiqish so’zida Xumoyun Qayumiy iqtisodning turli sohalaridagi hamkorlikning keng imkoniyatlariga alohida to’htalib o’tdi va sohalarning diversifikatsiyasiga va sanoatning modernizatsiyasiga qaratilgan O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga katta baho berdi.
 Shuningdek, komissiyaning afg’oniston tomoni ikki mamlakat o’rtasidagi do’stlik, o’zaro ishonch va qiziqish asosida bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan savdo-iqtisodiy sohasidagi hamkorlikdan qoniqish bildirdi. Asosan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yo’li orqali Afg’oniston iqtisodini rivojlantirish va tiklashda O’zbekistoning o’rni alohida ta’kidlandi.
  Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy va eksport salohiyati shuningdek, o’zaro manfaatli bo’lgan hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari to’g’risida prezentatsiyalar o’tkazildi.
Eslatib o’tamiz Komissiyaning birinchi yig’ilishi 2015 yil 20 aprelda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan edi.
O’zbekiston Respublikasi va Afg’oniston o’rtasida bir qancha Hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar imzolangan. “Savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risida”, “Temir yo’l transporti sohasida hamkorlik to’g’risida”, “Xalqaro transport yo’li to’g’risida”, “Tranzit va transport sohasidagi hamkorlik to’g’risida”gi bitimlar shumlar jumlasidandir.
  Ikki mamlakat o’rtasdagi tovaraylanmasi 2015 yil natijalariga ko’ra 444,5 mln,dollarni tashkil etgan bo’lsa. Joriy yilning 10 oyida 429 mln.ni tashkil etdi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 70 dan ortiq Afg’oniston tomoni ishtiroki bilan 70 ta kompaniya o’z faoliyatini yuritadi ulardan 20 tasi 100% Afg’oniston kapitali ishtirokida. Ushbu korxonalarning asosiy faoliyat xizmatlar va savdo operatsiyalari va qurilish mollarini ishlab chiqarishdan iboratdir.

TIAISV Matbuot xizmati
Foto: "Turkiston-press" AA


© mfer.uz, 2017