O`zbekiston-Qozog`ston Hukumatlararo komissiya yig`ilishi

Nashr uchun 23.02.2017 y. | 12:13 O`zbekiston-Qozog`ston Hukumatlararo komissiya yig`ilishi
  Joriy yilning 23 -fevral kuni O`zbekiston Respublikasiga Qozog`iston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari A.Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida poytaxtimizdagi biznes markazda ikki yoqlama hamkorlik bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Qozog`ston Respublikasi o`rtasida qo`shma 16- Hukumatlararo komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi.
  Yig`ilish chog`ida tomonlar Komissiyaning 15-yig`ilishi doirasida qabul qilingan qarorlar ijrosi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, shartnomaviy-huquqiy asosni istiqbolda kengaytirish shuningdek, bojhona, neftegaz, madaniy-gumanitar, atrof -muhit muhofazasi va boshqa masalalar yuzasidan fikrlar almashdilar va muhokama qildilar.
  Komissiya ushbu yig`ilishni yaqin kunlarda amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan oily darajadagi tadbirga har tomonlama sifatli tayyorgarlik sifatida naqadar muhim ekanligini ta`kidladi. 
Tomonlar O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi strategik hamkorlik birinchi o`rinda savdo-iqtisodiy sohada mustahkamlanib va rivojlanib borayotganini ta`kidlab o`tdilar.
  O`z chiqish so`zida A.Mamin “Bizning hamkorligimiz jadal rivojlanib bormoqda ushbu komissiya yig`ilishi ham ikki tomonning mamlakatlar o`rtasida ko`p qirrali hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga tayyorligiga yana bir isbotdir” dedi.
Qozog`iston ananaviy tarzda O`zbekistonnig eng muhim hamkorlari qatoriga kiradi. 2016 yilning sarhisobiga ko`ra ikki mamlakat o`rtasidagi Tovar aylanmasi 2 milliard dollardan oshdi.
 Ayni vaqtda O`zbekiston hududida 229 ta korxona o`z faoliyatini yuritadi shulardan 192 tasi qo`shma korxona 37 tasi 100% xorijiy kapital asosida tashkil topgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida qozog`istonning 3 ta firma va kompaniyasi akkreditatsiyadan o`tgan.
 Hukumatlararo komissiya yig`ilishi yakuniga ko`ra Protokol imzolandi.
 Eslatib o`tamiz bugungi kungacha Komissiyaning 15 ta yig`ilishi o`tkazilgan. Oxirgisi 2016 yil 11 martda Ostona shahrida bo`lib o`tgan edi.

TIAISV Matbuot xizmati 
Foto:Nuz.uz