O`zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiya yig`ilishida

Nashr uchun 17.02.2017 y. | 14:51 O`zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiya yig`ilishida
 Joriy yilning 15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi o`rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiya ikki mamlakat o`rtasida iqtisodiy hamkorlik bo`yicha 18- Hukumatlararo komissiya yig`ilishiga ishtirok etish uchun O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
 Yig`ilish chog`ida tomonlar 25 mart 2016 yil Moskva shahrida bo`lib o`tgan 17- komissiya yig`ilishi yakuni bo`yicha imzolangan bayonnoma qarorini bajarilishi yuzasidan tegishli masalalarni shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari shuningdek, transport, ilmiy-texnikaviy, atrof muhitni himoya qilish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
 Komissiya bo`lib o`tayotgan yig`ilishni O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yilning aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga ko`zda tutilayotgan tashrifiga atroflicha va sifatli tayyorgarlik ko`rish uchun naqadar muhim qadam ekanligini ta`kidladi.
Bugun mamlakatlar strategik sheriklar sifatida har tomonlama o`zaro mafaatli bo`lgan hamkorlikni rivojlantirishga katta e`tibor bermoqdalar.
 O`zining chiqish so`zida rossiya tomoni raisi D.Kozak sohalarni diversifikatsiya, sanoatni modernizatsiya qilishga qaratilgan O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi shuningdek, mamlakatda yaratilgan qulay investitsiyaviy iqlim va biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlarni alohida ta`kidlab o`tdi.
 Rossiya Federatsiyasi O`zbekiston Respublikasining yirik tashqi iqtisodiy sherigi sifatidagi o`rnini mustahkam egallab kelmoqda. 2016 yil natijalariga ko`ra ikki mamlakat o`rtasidagi tovar aylanmasi 4,2 milliard dollarni tashkil etdi.
 Bugungi kunda O`zbekistonda 961 ta korxona o`z faoliyatini yuritmoqda ulardan 810 tasi QK va 151 tasi 100% rossiya sarmoyasi asosida tashkil etilgan. 
Respublikada Rossiya Federatsiyasining 64 ta firma va kompaniyalari akkreditatsiyadan o`tgan.

TIAISV Matbuot xizmati