Singapur elchisi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida

Nashr uchun 13.02.2017 y. | 17:18 Singapur elchisi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
13 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Singapurning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Zulfikli bin Baxaruddin bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi o’zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha ko’rib chiqildi.
Tomonlar O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish hamda hususiylashtirish, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini tadbiq qilish va yuqori texnologiyalarni jalb etishga yo’naltirilgan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarda yetakchi Singapur kompaniyalarini faol ishtirok etishi bo’yicha o’zaro kelishilgan chora-tadbirlarni muhokama qilishdi