Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi

Nashr uchun 03.05.2017 y. | 12:02 Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi
Joriy yil 3-5 may kunlari “O`zekspomarkaz” Milliy ko`rgazmalar kompleksida Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi, eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi.
Mazkur tadbir har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan, shu yilning 2-8 hamda 15-119 noyabrda bo’lib o’tadigan XI Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiys birjasining birinchi bosqichi doirasida o`tkaziladi.
Tarmoqlararo sanoat yarmarkasining asosiy maqsadi- qayta ishlangan xom ashyo, metallar va butlovchi qisimlar, tayyor tovarlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish, tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish asosida yangi mahsulot turlarini o`zlashtirsh yuzasidan uzoq muddatli xo`jalik aloqalarini kengaytirishda korxonalarga ko’maklashish, xorijiy xaridorlar va O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etishni rejalashtirayotgan hamkorlarni jalb qilish hisoblanadi.
Joriy yilda tarmoqlararo sanoat yarmarkasida Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, “O`zpaxtasanoateksport”XK, “O`zcharmpoyabzali” AK, “O`zbekoziovqatxolding”XK, “O`zdonmahsulot” AK, “O`zvinprom-xolding” XK hamda “O`zavtosanoat” AK, “O`zagrosanoatmashxolding” XK, “O`zeltexsanoat” AK hamda ular tarkibiga kiruvchi korxonalar, yengil sanoat, mebel, sport jihozlari va maishiy texnika kabi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi 950dan ortiq korxona, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari ishtiroki kutilmoqda.
Yarmarka o`tkazilishi davomida O`zbekistonning sanoat korxonalari, shu jumladan kichik biznes, va xususiy tadbirkorlik vakillari keng omma uchun o`zlarining sanoat imkoniyatlarini namoyish etib kelishmoqda. Texnik va texnologik imkoniyatlari haqida to`liq tasavvurga ega bo`lish uchun idora va xo`jalik birlashmalari tarkibiga kiruvchi korxonalar o`zlarining hamkorlik takliflari taqdimotlarini o`tkazishadi.
Mahalliy mahsulotlarni sotib olish yoki O`zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish niyatida bo`lgan mahalliy va xorijiy xaridorlar, firma va kompaniyalarga keng yo’l ochib berish maqsadida Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direktsiyasi tomonidan har yili respublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko`rsatilayotgan xizmatlarni o`z ichiga olgan. “O`zbekiston sanoat mahsulotlari katalogi” nashr etiladi. Katalog elektron shakli bilan tanishish hamda korxonalar o`zlari ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlarini joylashtirsh uchun Direktsiyaning rasmiy sayti www.cooper.uz ning “Savdo maydonchasi” modulidan foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, ko`rgazmaga qo`yilgan mahsulotlarni sotib olishga hamda import o`rnini bosuvchi va eksportga yo`naltirilgan mahsulotlarning o`zlashtirilishida, xususan O`zbekistonda ishlab chiqarish bo`yicha sanot kooperatsiyasida ishtrok etish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Rejalashtirilayotgan tadbirlar natijasida sanoat korxonalari mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan taishadilar, mahsulotni yetkazib berish, shu jumladan eksport qilish bo`yicha muzokaralar o`tkazib, shartnomalar tuzadilar. Shuningdek, sanoat mahsulotlarining yangi turlarini o`zlashtirish bo`yicha kelishuv shartnomalarini ham tuzishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.