Turkiya Respublikasi delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Nashr uchun 05.01.2017 y. | 17:51 Turkiya Respublikasi delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
  Joriy yilning 5 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bilan hamkorlik bo`yicha Bosh boshqarmasi boshlig`i Sh.V.Altay boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 
 Uchrashuv chog’ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya- texnikaviy hamkorlik, Turkiya kompaniyalari ishtirokidagi qo`shma loyihalarni amalga oshirishning joriy holati shuningdek, ikki mamlakat o`rtasida hamkorlik o`rnatish borasidagi boshqa masalalar yuzasidan fikrlar almashindi. 
 Shuningdek, shu yilning fevral oyida bo’lib o’tadigan O’zbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig`ilishiga tayyorgarlik borasidagi masalalar muhokama qilindi.