Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi rahbari bilan bo'lib o'tgan uchrashuv to'g'risida

Nashr uchun 12.01.2017 y. | 15:13 Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi rahbari bilan bo'lib o'tgan uchrashuv to'g'risida
 Joriy yilning 12 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik missiyasi rahbari Eduard Stiprais bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
 Uchrashuv chog'ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy, texnik hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek "O'zbekiston-Yevropa Ittifoqi" hamkorligi Qo'mitasining muntazam uchrashuvlari va iqtisodiyot, savdo, investitsiya, bo'yicha Quyi qo'mitasining uchrashuvlarini shu yilning fevral oyida Toshkent shahrida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.