YRRB delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Nashr uchun 06.02.2017 y. | 15:18 YRRB delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
  Joriy yilning 6 fevral kuni TIAISVda Yevropa rekonstruktsiya va rivojlanish bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo`yicha boshqaruv direktori N.Xanjikova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
 Uchrashuv chog`ida ikki yoqlama investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.
 Shuningdek, Yevropa tomoni O`zbekistonda iqtisodning qay darajada rivojlanayotgani, iqtisodiy va investitsiyaviy siyosatning ustuvor yo`nalishlari, respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy aspektlari, sanoat sohalarini rivojlantirish istiqbollari, asosiy investitsiyaviy sheriklar, xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligi to`g`risida ma`lumotlar bilan tanishdilar.
  Respublikada sanoat salohiyatini rivojlantirishda asosiy e`tibor qo`shimcha qiymat zanjirini yaratish, mavjud xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni jalb qilishga qaratilayotgani alohida qayd etib o`tildi.