O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

Nashr uchun 19.05.2017 y. | 16:44 O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 2017-yil 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etadi. 

Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manbaa:UzA