Nashrlar

Davrda.davrdan...:   Select date in calendar   gacha:   Select date in calendar    
21.12.2016 | 12:24 ОТB Qarshi- Kitob yo’lini modernizatsiya qilishga ko’maklashadi.
ОТB Qarshi-Shahrisabz- Kitob avtoyo’lining 77 kilometrini modernizatsiya qilishga 198 mln dollar kredit ajratadi. Osiyo taraqqiyoti banki 6 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi-Shahrisabz-Kitob avtoyo’lining 77 kilometrini modernizatsiya qilishga 198 mln dollar kredit ajratishni tasdiqladi, deb xabar qildi OTB matbuot xizmati. “Yo’llarning modernizatsiya qilinishi O’zbekistonning Markaziy Osiyo va Yevropa, shuningdek, Osiyo mintaqasida savdo-sotiqni rivojlantirish uchun yetakchi tranzit punkti sifatidagi o’rnini mustahkamlaydi.”— dedi OTB Markaziy va G’arbiy Osiyo Departamentining transport bo’yicha bosh mutaxassisi. — Loyiha doirasida yo’l xavfsizligi choralarini qo’llash, mutasaddi agentlik va mahkamalar salohiyatini rivojlantirish evaziga yo’l ob’ektlari va yo’llarini boshqarish holati yaxshilandi”.
07.12.2016 | 12:46 "MIT.UZ Open Data Challenge 2016" tanlovi g’oliblari ma’lum bo’ldi
“Kamolot” YoIH, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMT “Taraqqiyot dasturi”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “UZINFOCOM” markazi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda "MIT.UZ Open Data Challenge 2016" tanlovi 24-27 noyabr kunlari o'tkazildi. 27 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalar yaratishni maqsad qilgan, 24 noyabr kuni start olgan "MIT.UZ Open Data Challenge 2016" tanlovining yakuniy bosqichida ishtirok etayotgan ishlanmalar hakamlar tomonidan baholandi.
07.11.2016 | 12:56 Barcha eksport onlayn tarzida
Milliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksportga yo'naltirish maqsadida tradeuzbekistan.com «UZTrade» elektron tashqi savdo maydoni tashkil qilindi. Chet ellik hamkorlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish maqsadida portal .COM xalqaro domenda joylashtitilgan. Shu borada, milliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yagona maydonda birlashtirilgan. Dastur milliy ishlab chiqaruvchilarga xalqaro bozorda tutgan o'rnini mustahkamlashga va xamkorlikni kengaytirishga yordam beradi.
07.11.2016 | 09:45 HUAWEI o'tgan oy va AKT haftaligiga yakun yasadi
O'tgan oy mamlakatning axborot va kommunikatsiyalar sohasida voqealarga boy tarzda o'tdi. Ulardan asosiylaridan biri axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi bo'ldi. Huawei kompaniyasi mazkur maydonchaning ahamiyatini inobatga olgan holda, bu yil shunchaki ishtirok bilan cheklanib qolmaslikka qaror qilib, Haftalikning muhim tadbirlari homiysiga aylandi.
19.10.2016 | 10:03 Ochiq ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha video seminar tashkil etildi
Joriy yilning 28 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda mahalliy davlat boshqaruvi organlari hamda Kompyuterlashtirish markazlari rahbarlari uchun ochiq ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha seminar tashkil etdi.