Nashrlar

Nashr uchun 19.10.2016 y. | 10:03
Ochiq ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha video seminar tashkil etildi

1.jpg
Joriy yilning 28 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda mahalliy davlat boshqaruvi organlari hamda Kompyuterlashtirish markazlari rahbarlari uchun ochiq ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha seminar tashkil etdi. 
Seminarda ochiq ma’lumotlar, xususan ochiq ma’lumotlar jamlanmasini shakllantirish, ma’lumotlar pasportini to‘ldirish va ularni Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirish yuzasidan ishtirokchilarga bilim va ko‘nikmalar berildi.  
2.jpg

O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali davlat organlarining aholiga ma’lum qilinishi mumkin bo‘lgan axborot-ma’lumotlarni taqdim etuvchi manbaa bo‘lib, ayni kunda tizimga birlashtirilgan davlat organlari 77 tani, taqdim etilgan ma’lumot jamlanmalari 1135, ulardan foydalanish ko‘rsatgichi 436755 tani tashkil etadi. 
Mazkur ma’lumotlarning e’lon qilib borilishi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini, fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini, konstitutsiyaviy haq-huquqlarini ta’minlashda muhim o‘rin egallamoqda.
Muallif: O‘zbekiston Respublika Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati