Nashrlar

Nashr uchun 07.11.2016 y. | 12:56 Barcha eksport onlayn tarzida
Milliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksportga yo'naltirish maqsadida tradeuzbekistan.com «UZTrade» elektron tashqi savdo maydoni tashkil qilindi. Chet ellik hamkorlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish maqsadida portal .COM xalqaro domenda joylashtitilgan. Shu borada, milliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yagona maydonda birlashtirilgan. Dastur milliy ishlab chiqaruvchilarga xalqaro bozorda tutgan o'rnini mustahkamlashga va xamkorlikni kengaytirishga yordam beradi.
Dasturda eksport uchun mo'ljallangan keng miayosdagi mahsulotlar- oziq-ovqat, tekstil mahsulotlaridan boshlab, metall va kimyo sanoati mahsulotlari joylashtirilgan.Sotuvchilar saytda biznesni rivojlantirishda kerak bo'lgan, shu bilan bir qatorda ishni nimadan boshlash va o'z mahsulotini qayerda joylashtirish kerakligi haqida axborotga ega bo'lishlari mumkin.

Manbaa: ICTNEWS jurnali №5(127) 05.05.2016y.