Nashrlar

Nashr uchun 21.12.2016 y. | 12:24
   ОТB Qarshi-Shahrisabz- Kitob avtoyo’lining 77 kilometrini modernizatsiya qilishga 198 mln dollar kredit ajratadi.
Osiyo taraqqiyoti banki 6 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi-Shahrisabz-Kitob avtoyo’lining 77 kilometrini modernizatsiya qilishga 198 mln dollar kredit ajratishni tasdiqladi, deb xabar qildi OTB matbuot xizmati.
 “Yo’llarning modernizatsiya qilinishi O’zbekistonning Markaziy Osiyo va Yevropa, shuningdek, Osiyo mintaqasida savdo-sotiqni rivojlantirish uchun yetakchi tranzit punkti sifatidagi o’rnini mustahkamlaydi.”— dedi OTB Markaziy va G’arbiy Osiyo Departamentining transport bo’yicha bosh mutaxassisi. — Loyiha doirasida yo’l xavfsizligi choralarini qo’llash, mutasaddi agentlik va mahkamalar salohiyatini rivojlantirish evaziga yo’l ob’ektlari va yo’llarini boshqarish holati yaxshilandi”.
 Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik dasturi ishtirokchisi hisoblangan O’zbekiston yo’llari va avtomagistralining xalqaro tranzit trafigiga yuk tashishlar hajmining 10 foizga yaqini hamda ichki yuk va yo’lovchi tashish miqdorining 88 foizi to’g’ri keladi.
Loyiha doirasida Qarshi, Shahrisabz va Kitob o’rtasidagi mavjud avtomagistralning ikkita uchastkasini yo’l xavfsizligi va iqlim o’zgarishlariga moslashish talablari inobatga olingan holda to’rt qatorli sementbeton qoplama yotqizish yo’li bilan modernizatsiya qilish ko’zda tutilgan.
 Mazkur yo’lni modernizatsiya qilish Qarshi-Kitob avtomobil yo’li bo’ylab yillik traffik hajmi 2022 yilga qadar 2015 yildagi 9408 o’rniga 14 ming avtotransport vositasiga qadar ortadi. Shuningdek, loyiha xalqaro savdo-sotiq va turizmning rivojlanishiga ham ulkan hissasini qo’shadi.
 Loyiha uning asosiy ijrochisi hisoblangan Respublika yo’l jamg’armasi hamda yo’llarni loyihalashtirish va qurilish standatrlari bo’yicha ayrim loyihaviy institutlar vakillarining boshqaruv ko’nikmalarini yaxshilashga qaratilgan salohiyatini rivojlantirish komponentlarini ham o’z ichiga oladi.
 Loyihaning umumiy qiymati 266,2 mln dollari bo’lib, uning 68,2 mln dollari hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Loyihaning 2021 yil oxirida yakuniga yetishi kutilmoqda.